AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ Eronning Islom inqilobi soqçilari korpusini terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritişini ma'lum qildi.
“Bugun men rasman ma'muriyatimning Erondagi Islom inqilobi soqçilari korpusi (IICK), jumladan “Quds” kuçlarining xorijiy terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritişini e'lon qilaman”, deb aytilgan Trampning yozma bayonotida.
IICKning terrorçilik taşkiloti deb tan olinişi misli körilmagan qadam bölib, AQŞ avval bunday hukmni xorijiy davlat qurolli tuzilmalariga nisbatan çiqarmagan.
“Davlat departamenti rahbariyati tomonidan körilgan bu qadam haqiqatni tan oladi. Nafaqat Eron terrorçilikni qöllab-quvvatlovçi homiy-davlat hisoblanadi, balki IICK ham terrorçilikda faol iştirok etadi, uni davlat siyosati vositasi sifatida moliyalaştiradi va ilgari suradi. IISK Eron hukumati özining global terror kampaniyasini yönaltirib va amalga oşirib qöllaydigan asosiy vositadir”, deb aytgan Tramp.
Şuningdek, Tramp Eronga terrorçilikni qöllab-quvvatlayotgani sababli moliyaviy bosim davom ettirilişini aytgan.
“Bu qadamlar terrorçilikni qöllab-quvvatlaş jiddiy oqibatlarga egaligi borasida Tehronga yaqqol signaldir. Biz Eron terrorçilikni qöllab-quvvatlaşni bas qilmagunça unga qarşi moliyaviy bosimni oşirişni va u bu noqonuniy faoliyat uçun tölayotgan haqni oşirişni davom ettiramiz”, deb aytgan Tramp.
Öz navbatida, Eronda bunga javoban AQŞ qurolli kuçlarini terrorçilik taşkilotlari qatoriga kiritiş taklif qilingan.












