“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Çilonzor” metro bekati ustida yer usti yöl ötkazgiçini quriş haqida petitsiya e'lon qilingan.
Qayd etilişiça, bugungi kunda poytaxt yöllarida avtoulovlar juda serqatnov. Sutkaning har qanday soatida qatnovlar deyarli uzilmaydi. Bunday yöllarda transport vositalari va avvalo piyodalar xavfsizligini ta'minlaş birmunça murakkab.
“Şahrimizdagi “Çilonzor” metro bekati ustida joylaşgan köprikning ikki yon tarafidan piyodalar ötiş yölaklarida avtomobil qatnovining ziçligi hamda piyodalar sonining köpligi turli yöl-transport hodisalari sodir bölişiga olib kelyapti”, - deyiladi murojaatda.
Bildirilişiça, uşbu tumanda yaşovçi aholi, xorijiy mamlakatlardan hamda viloyatlardan kelgan mehmonlar va ta'lim muassasalari talabalari, öquvçilari hamda yoşlar har kuni uşbu yöllarni kesib ötişga majbur.
Uşbu çorrahada piyodalar iştirokidagi YTH sonining yildan yilga oşib borayotganligi mazkur masalaga mas'ullarning öz vaqtida e'tibor qaratişi zarurligini ham körsatmoqda, deyiladi petitsiya matnida.
“Şularni inobatga olgan holda “Çilonzor” metro bekati ustida joylaşgan köprikning ikki yon tarafidan piyodalar uçun yer usti yöl ötkazgiçlari (“Novza” metro bekati ustidagi singari) qurişni taklif etaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Ta'kidlanişiça, uşbu ğoyani amalga oşiriş uçun Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi masalani mas'ul taşkilotlar bilan birgalikda körib çiqişi va ijobiy hal etişi zarur. Uşbu köpriklarning foydalanişga topşirilişi natijasida minglab piyodalar uçun xavfsiz harakatlaniş imkoniyati yaratiladi.












