Toşkent şahri çekkasida, Nurafşon şahriga eltuvçi yöldagi yangi yöl ötkazgiç rasman foydalanişga topşirildi. Bu haqda 13-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlik xabarida yöl ötkazgiç loyihasining qiymati 280,8 mlrd sömni taşkil etgani aytiladi. Iyul oyida obyektni davlat rahbari borib körganida loyiha qiymati 240 mlrd söm ekani aytilgandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga köra, loyiha doirasida:

  • 66 metr uzunlikdagi va 46 metr kenglikdagi yöl ötkazgiç;

  • 450 metr uzunlikdagi yer osti avtomobil yöli;

  • 950 metr uzunlikdagi aylana halqa yöli;

  • 2 ta ortga qayrilib oliş joyi;

  • 4 ta yer osti piyodalar ötiş yölagi qurildi.

“Natijada kuniga qariyb 130 mingta avtotransport vositasining uzluksiz harakatlanişi taʼminlanib, 150 ming nafar aholi uçun xavfsiz va qulay transport infratuzilmasi yaratildi”, – deyiladi IMV axborotida.