9-10 aprel kunlarida Çempionlar ligasining 1/4 finali doirasidagi ilk uçraşuvlar bölib ötadi.
«Tottenhem»ning yangi stadionidagi debyut
«Tottenhem» - «Mançester Siti»
9 aprel. London. «Uayt Hart Leyn» stadioni. 00:00

«Şporlar» uçun Yevropaning eng yaxşi 8 jamoasi içida böliş - yangi bosqiç emas. 8 yil muqaddam Harri Rednapp «Tottenhem» uçun öşa vaqtda imkonsiz bölgan işning uddasidan çiqib, jamoani YeÇL çorak finaliga olib çiqqandi. Bu öşa vaqtda gipersensatsiya sifatida körilgandi, 2010 yilga qadar londonliklar biror marta ham YeÇLda iştirok etişmagandi. Ammo çorak finalda Joze Mourino boşqaruvidagi «Real»ga röbaru kelgan «şporlar» ilojsiz ahvolda qolişgandi - Madridda 0:4, Londonda 0:1.
Hozir «Tottenhem»ning raqibi yanada jiddiyroq jamoa - Xosep Gvardiolaning «Mançester Siti»si. Angliya çempionlari ikkinçi mavsumda ham YeÇL çorak finalida öz vatandoşlariga duç kelişdi. Ammo bu safar jamoa öziga işonmoqda: bu qarama-qarşilikni ötgan mavsumda «Liverpul»ga qarşi keçgan öyinlar bilan soliştiriş örinsiz.
«Tottenhem»ga qarşi öyin «Liverpul»ga qarşi öyinlarni eslatmaydi. Boşqa mavsum, boşqa klub, boşqa futbolçilar. Ötgan mavsum ham ajoyib edi, ammo Çempionlar ligasida çorak finaldan öta olmagandik», dedi öyin arafasida «şaharliklar» yetakçisi Kevin de Bryuyne.
«Liverpul»ga qarşi öyinlar ötgan mavsumning eng yorqin ikki epizodi edi. Bu mavsumda Angliyaning ikki eng kuçli jamoasi faqat finalda özaro töqnaşişi mumkin, ammo «Tottenhem» bugun bunga tösqinlik qilişga urinadi. «Şporlar» uçun qöşimça motivatsiya - öyin jamoaning yangi stadionida ötkazilişidir. «Tottenhem»ning yangi stadioni foydalanişga topşirilişi muddati bir neça bor ortga surildi va nihoyat ötgan haftada nihoyat stadion oçildi. Seşanba kuni bu öyingohda YeÇLdagi debyut bölib ötadi, mahalliy fanatlar bu öyinni intizorlik bilan kutişmoqda.
De Bryuyne stadion atrofidagi gaplarga kulimsiragança munosabat bildirdi: «Hamma stadion haqida gapirmoqda, xuddi bu boşqalariga öxşamaydigandek. Barçaning ham öz stadioni bor va barçaning ham muxlislari bor. Ikki jamoa muxlislari ham stadionda bölişadi».
Belgiyalik futbolçining skeptikligi tuşunarli hol, ammo agar bu öyinda «Tottenhem» ğalaba qozonsa nima derkin?..
Klopp va özgargan maqsadlar
«Liverpul» - «Portu»
9 aprel. Liverpul. «Enfild» stadioni. 00:00

Nimçorak finalda «Bavariya»ga qarşi javob uçraşuvidan oldin «Liverpul» ustozi Yurgen Klopp jamoa oldidagi maqsadlar haqida gapira turib, jamoa muxlislari uçun Premer-liga ğolibligi Çempionlar ligasidan afzalroq ekanini tan olgandi. Buni şunday izohlaş mumkin: «Liverpul»ning oxirgi çempionligidan keyin tuğilgan bolalar maktabni bitirib, oila qurişmoqda. Qizillarning barça muxlislari Angliyaning asosiy sovrinini orzu qilib yaşaşadi. Ular buning uçun Çempionlar ligasining ulkan «quloqli kubogi»dan voz keçişga ham tayyorlar.
Pley-offning birinçi öyinida «Liverpul» «Bavariya»ni öz uyida yenga olmagandi, hozir esa jamoaning raqibi bu bosqiçdagi eng kuçsiz jamoa hisoblanilayotgan «Portu»dir. Bu jamoa nimçorak finalda «Roma»ga qarşi öyinda möjiza körsatib, turnirdagi iştirokini davom ettirdi va Kloppni xavfsiraşga majbur eta olmoqda. Ötgan mavsumda «Liverpul» «Portu»ga qarşi nimçorak finalda öynagan va safarda 5:0 hisobida ğalaba qozonib, masalani birinçi öyindayoq hal qilgandi.
Öyindan oldin Yurgen Klopp şunday hazil qildi: «Portudagi ötgan yilgi öyindan keyin biz bu yerga yana qaytamiz deb öylamagandim. Ammo biz yana uçraşamiz. Men biroz hayajondaman. Barça «Portu»ga qarşi öyinni boşlamaguniça bu jamoaning raqibi bölişni istaydi. Axir ular «Liverpul» özining raqibi bölişini istamaydida».
Mersisaydliklar uşbu qarama-qarşilikda yaqqol favorit sanalişadi. Yarimfinalda esa «Liverpul»ni jiddiy sinov kutib turgani aniq: «Barselona» yoki «Mançester Yunayted».
Sulşer - yangi Zidanmi?
«Mançester Yunayted» - «Barselona»
10 aprel. Mançester. «Old Trafford» stadioni. 00:00

«Barselona» va «MYu» örtasidagi qarama-qarşilik yorqin tarixga ega: Kubok egalari kubogidagi bir final, Çempionlar ligasidagi ikki final va bir yarim final, 1998-99 yilgi mavsumda guruh bosqiçdagi ikkita öyinda ham bir xilda - 3:3 hisobidagi duranglar - Öşa mavsumda «MYu» finalga çiqib borib, «Bavariya»ni qöşimça daqiqalarda urilgan gollar evaziga yengib, tarixiy çempionlikka erişgandi.
Hozirda öşa final öyinida gol urgan Ole Gunnar Sulşer - «MYu»da boş murabbiy. Ötgan oy oxirida jamoa rahbariyati undan «vaqtinçalik boş murabbiy» tamğasini olib taşlab, doimiy asosda boş murabbiy etib tayinladi va u bilan yangi şartnoma imzoladi. Şunday ekan, keyingi mavsumda «Old Trafford»da kuçli jamoa bölişi kafolatlangan. Lekin superklub boş murabbiyi böliş boşqa, YeÇL ğolibining boş murabbiyi böliş boşqa. 1/8 finalda Sulşer jamoasi möjiza evaziga keyingi bosqiçga ötdi. Ammo «Barselona»ga qarşi öyinda VAR yordam bera olmasligi mumkin. «Toğlar zabt etiş uçun yöldan çiqadi», deya Sulşerning «PSJ»ga qarşi javob öyinidan oldin aytgan sözlarini takrorladi «MYu» yarimhimoyaçisi Xuan Mata.
Şanba kuni Sulşer va uning taniqli yordamçisi Mayk Fellan Kataloniyaga kelib, bölajak raqib qanday qilib «Atletiko»ni «yer tişlatgani»ga öz közlari bilan guvoh bölişdi. Kök-anorranglilar Ispaniyada çempionlik masalasini amalda hal qilib bölişdi va endi bor e'tiborlarini Çempionlar ligasiga qaratişlari mumkin. «Barselona» 2015 yildan buyon YeÇL kubogini körganlari yöq, endi esa kubokni Kataloniyaga olib keliş uçun barça şaroitlar muhayyo - qatorasiga 3 yil davomida «quloqli kubok»ka egalik qilgan «Real» allaqaçon turnirni tark etgan va taxt böş qolgan. Boşqa tomondan esa, Sulşerning murabbiylik faoliyati «Real» bilan qatorasiga Çempionlar ligasi ğolibi bölgan, 2,5 yil içida 9ta sovrin qölga kiritgan Zidanning murabbiylik faoliyati boşlanişiga öxşaydi. Şunday ekan, «Barselona» ehtiyotkor bölişi talab etiladi.
Ronaldu «Real» uçun qasos oladimi?
«Ayaks» - «Yuventus»
10 aprel. Amsterdam. «Yoxan Kroyf Arena» stadioni. 00:00

«Real» - «Yuventus» juftligi «Barselona» - «MYu» qarama-qarşiligini ham soyada qoldirgan bölardi, ammo «Ayaks» Kriştianu Ronaldu «Santyago Bernabeu»ga qaytişiga yöl qöymadi va portugaliyalik futbolçiga özi peşvoz çiqdi.
Balki, Amsterdam Ronalduning öyinlariga guvoh böla olmas. Ronaldu mart oyi oxirida Portugaliya terma jamoasi safida orttirib olgan jarohati tufayli qariyb ikki haftadan buyon futbol öynamayapti. Matbuot ham, «Yuventus» boş murabbiyi Massimiliano Allegri bot-bot uning «Ayaks»ga qarşi öyinga tayyor bölişi haqida aytayotgan bölsada, bu masala uzil-kesil hal bölmagan. OAVning oxirgi xabarlarida Ronaldu birinçi öyinda boşlanğiç tarkibda tuşmasa ham, oxirgi 20-30 daqiqalikda maydonda bölişi haqida aytilmoqda.
«Biz «Real»ga qarşi öynagandek öynab, natijaga erişmoqçimiz. Endi butun Yevropa biz istalgan raqibni yenga olişimiz mumkinligini biladi. Biz heç kimdan qörqmaymiz», dedi öyindan oldin «Ayaks» himoyaçisi Nikolas Talyafiko.
Lekin unutmaslik kerakki, bu mavsumdagi «Yuventus» bu mavsumdagi «Real»dan kuçliroq. Qolaversa, argentinalik futbolçining bu oliftaligi uning bir neça kun oldin Niderlandiya çempionati doirasida «Emmen»ga qarşi öyin vaqtida hisob «Ayaks» foydasiga 5:0 hisobida hal bölib turganida urgan avtogoli fonida biroz kulgili körinadi.
«Yuventus»ga qarşi öyinda har bir xato qimmatga tuşişi mumkin. Bu öyinda Ronaldu maydonga tuşiş-tuşmasligidan qat'i nazar xato qilmaslik kerak. Ronaldu bölmasa, boşqa hujumçilar bor. Agar Ronaldu bölsa yanada yaxşi, çiroyli gollar va «Real» uçun qasos. Bir yil muqaddam Ronaldu Çempionlar ligasi çorak finalida aynan «Yuventus»ga qarşi Turinda keçgan öyinda qayçi uslubidagi zarbasi bilan mezbon muxlislarning ham olqişlariga sazovor bölgandi.













