2019 yil 14 mart kuni Buxoro şahar M.Avfiy köçasidagi uyda yaşovçi fuqaro Ş.N.da tabiiy gazdan foydalanganligi uçun 1 mln. 639 ming söm qarzdorligi mavjud bölgan.

MIB xabariga köra, u uşbu qarzdorlikni tölamaslik maqsadida xonadonini qarzdorligi belgilangan me'yordan yuqori bölganligi uçun gaz tarmoğidan uzib qöyiş uçun kelgan Majburiy ijro byurosi Buxoro şahar bölimi xodimlariga xizmat vazifalarini  bajarilişiga faol qarşilik körsatgan.

Qayd etilişiça, uşbu şaxs qölidagi bolta bilan ularga taşlanib, şa'ni va qadr-qimmatini kamsitib, nojöya sözlar bilan haqorat qilgan.

Foto: MIB 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Ş.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.