O‘zbekiston | 11:34 / 10.04.2019
15393
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari ishdan ketdi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Hujjat bilan Sherzod Shonazarovich Qurbonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimdan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 9 aprel kuni bu haqdagi tegishli hujjatni imzolagan.

Ma'lumot uchun, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining asosiy vazifalari etib belgilangan:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda davlat strategik zaxirasida moddiy boyliklar to‘planishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishining yillik hajmlarini aniqlash;

davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishini, shu jumladan ularning to‘planishi, saqlanishi va yangilanishini ta'minlash;

vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar tomonidan davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishi (to‘planishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishi), shuningdek qarz olingan tovarlar va mahsulotlarning sifatli va miqdoriy saqlanishi va o‘z vaqtida qaytarilishi ta'minlanishi bo‘yicha topshiriqlar bajarilishini doimiy nazorat qilish;

davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga doimiy tayyorlikni ta'minlash.