Belarus Respublikasi poytaxti Minsk şahrida Minsk viloyati ijroiya qömitasi va Toşkent viloyati hokimligi delegatsiyasi örtasida özaro hamkorliklarni mustahkamlaş böyiça muzokaralar ötkazildi. Bu haqda Toşkent viloyat hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.
Taşrifning birinçi kuni ötkazilgan muzokaralarda Toşkent viloyati hokimi G.Ibragimov va Minsk oblastining ijroiya qömitasi raisi A.Isaçenko tomonidan «2019–2021 yillarga möljallangan Belarus Respublikasining Minsk oblasti va Özbekiston Respublikasining Toşkent viloyatlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça çora-tadbir rejasi (yöl xaritasi)» imzolandi.



Şuningdek, Belarusning göşt va sut mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça salohiyatli investorlari bilan uçraşib, dunyoning yetakçi brendi hisoblangan «Zdravuşka-Milk» OAJ bilan qöşma korxona tuziş böyiça kelişuv imzolandi. Kelişuvga asosan, Toşkent viloyatida zamonaviy çorvaçilik klasterini taşkil etiş, yuqori texnologiyali sut va göşt mahsulotlarini yetiştiriş va qayta işlaş, Belarusdan 2000 boş naslli qoramollar va qişloq xöjaligi texnikalarini yetkazib berişga kelişildi.
Uşbu çorvaçilik klasteri, şuningdek, yuqori texnologik asbob-uskunalar hamda yuqori saviyali kadrlar tayyorlaydi, çorvaçilik xöjaliklariga va aholiga veterinariya xizmatlarini körsatadi hamda ularni naslli qoramollar bilan ta'minlaydi.
Buning uçun Böka tumanidan 1200 gektar yer maydoni ajratilişi hamda çet el investitsiyasi hisobidan loyihaning moliyalaştirilişi belgilandi.
Şuningdek, Toşkent viloyatining Olmaliq şahri hokimi U.Karimov hamda Minsk oblastining Jodino şahri ijroiya qömitasi raisi D.Zablotskiy bilan «Özbekiston Respublikasining Olmaliq va Belarus Respublikasining Jodino şaharlari örtasida hamkorlik töğrisida» özaro kelişuv imzolandi va hamdöstlik aloqalari örnatildi.
Toşkent viloyati delegatsiyasining taşrif kunlari doirasida viloyat hokimi G.Ibragimov va Belarus Respublikasi Millatlar yiğini Kengaşi raisi M.Myasnikoviç örtasida keng qamrovli muzokaralar ötkazildi. Unga köra Toşkent viloyati va Belarus Respublikasi örtasida iqtisodiy-ijtimoiy, ilm-fan va ta'lim, investitsiyaviy hamkorlik va gumanitar sohalar böyiça aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.




Taşrif doirasida delegatsiya «Dzerjinskiy Agrokombinat» OAJ bilan Toşkent viloyatida zamonaviy agroklaster taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi va viloyatning salohiyati hamda içki bozori marketingini tahlil qiliş uçun agrokombinatning rahbar va mutaxassislari Toşkent viloyatiga taklif qilindi.


Taşrifning ikkinçi kuni Belarus qişloq xöjaligi vazirligida Toşkent viloyatiga naslli qoramollarni va zamonaviy zootexnika vositalarini yetkazib beriş hamda veterenariya mutaxassislarni öqitiş masalalari muhokama qilindi.
Toşkent viloyatining Yer resurslari va davlat kadastri boşqarmasi mas'ul xodimlari özlarining Belorussiyalik hamkasblari bilan hududdagi barça turdagi yer resurslari hisobotini yuritişning zamonaviy metodologiyasini joriy qilişda zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalaniş, mutaxassislarni özaro almaşiş, Belorussiya tizimini örganiş, yerdan samarali foydalaniş böyiça masalalari muhokama qildi.
Toşkent viloyatida taşkil etiladigan zamonaviy çorvaçilik agroklasteri qurilişini va jihozlanişini moliyalaştiriş masalalari körib çiqildi.
Toşkent viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga taşrifining ikkinçi kunida şuningdek:
«Belvitunifarm» OAJ bilan Toşkent viloyatida veterenariya preparatlarini işlab çiqariş böyiça zamonaviy korxona quriş;
«Mark Farmel» kompaniyasi bilan Toşkent viloyatida zamonaviy töqimaçilik va tikuvçilik korxonasini taşkil etiş;
Mebel va quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça Belarusning yetakçi korxonalari bilan özaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Serhosil kartoşkaning seleksion navlarini yuqori reproduksiyalarni Toşkent viloyati şaroitida ekiş va köpaytiriş masalalari böyiça amalga oşiriladigan dolzarb vazifalar kelişib olindi.
Olmaliq şahar xokimi U.Karimov Jodino şahriga taşrif buyurib zamonaviy sanoat korxonalari hamda şaharsozlik va ijtimoiy soha obektlarini rivojlantiriş masalalari böyiça şahar rahbariyati bilan muzokara ötkazdi.
Toşkent viloyati delegatsiyasi Minsk oblastining Smoleviçi rayonidagi zamonaviy çorvaçilik korxonasida işlab çiqarişni taşkil etiş, qayta işlaş korxonalari bilan kooperatsiyani yölga qöyiş hamda korxonaning faoliyatini iqtisodiy samaradorlik darajasining tahlili muhokama qilindi.
Özbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi elçixonasi va Savdo sanoat palatasi Toşkent viloyati hududiy boşqarmasi bilan viloyatga belaruslik investorlarini keng jalb qiliş, viloyatning va respublikaning investitsion jozibadorligini muntazam ravişda taqdimot qilib boriş böyiça asosiy vazifalar belgilab olindi.
Toşkent viloyati hokimligi delegatsiyasi taşrifi davomida jami: umumiy qiymati 16 mln 900 ming dollarlik 7 ta investitsion loyihani amalga oşiriş, 770 ta yangi iş örinlari yaratiş, 12,3 mln dollarlik eksportni amalga oşiriş böyiça şartnomalar (kelişuvlar) imzolandi.
Yuqoridagi loyihalarni amalga oşiriş «Sanoatqurilişbank» tomonidan Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi, Osiyo taraqqiyot banki va boşqa xorijiy kredit liniyalaridan foydalangan holda moliyalaştiriladi.
Reklama huquqi asosida











