Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari bilan borgan Samarqand viloyati delegatsiyasi a'zolari Xenan provinsiyasida iş boşlagan XIII savdo va investitsiyalar xalqaro yarmarkasida Samarqandning savdo va investitsion salohiyatini namoyiş etişdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mazkur yarmarkada tadbirkor va işbilarmonlar tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar namoyişi bilan bir qatorda tadbirkorlik uçun yaratilgan şart-şaroitlar, viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati körgazmali vositalar asosida taqdimot qilindi. Bir qator xorijiy tadbirkor va işbilarmonlar bilan muzokaralar olib borildi.

Şuningdek, Xenan provinsiyasining mahalliy tadbirkorlari iştirokida biznes-forum ötkazildi. Biznes forum davomida samarqandlik tadbirkorlar investitsion loyihalari haqida ma'lumot berib, hamkorlik olib boriş masalasida xitoylik tadbirkorlar bilan muzokaralar ötkazişdi hamda qator memorandum va şartnomalar imzolaşga erişildi.

Delegatsiya a'zolarining XXRga taşrifi davom etmoqda.











