Respublika mahallalar kengaşi xodimlariga Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş huquqi berilmoqda. Bu haqda «Aholi muammolari bilan işlaşda mahalla institutining mavqeini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident Farmoni ijrosiga bağişlangan brifingda ma'lumot berildi.

2019 yil 2 aprel kuni jamiyatning milliy boşqaruv idorasi bölgan mahalla institutni har tomonlama rivojlantirişni nazarda tutuvçi Prezident Farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur yuridik hujjat asosida mahallalar faoliyatida kutilayotgan özgarişlar yuzasidan Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi boşqaruv raisi Şavkat Javlonov ma'lumot berdi, deya qayd etadi Kun.uz muxbiri.

«Mahalla fuqarolar yiğinlari raislari va mas'ul kotiblarining oylik iş haqi fondi joriy yilda bir yarim baravarga oşiriladi hamda mahalla kengaşi xodimlarini poytaxt va Toşkent viloyatida doimiy propiskadan ötkaziş huquqi beriladi», — deydi Şavkat Javlonov.

Kengaş boşqaruv raisiga köra, endilikda mahalla fuqarolar yiğinlarining faoliyati 12 mezon asosida nazorat qilinib, baholab boriladi. Belgilangan talabga javob bergan yiğinlarga iş haqining 0,5 baravaridan 5 baravarigaça ustama haqi tölanişi rejalaştirilgan.

Ma'lum qilinişiça, ötgan yillar davomida mahalla fuqarolar yiğinlari faoliyatiga mahalliy hokimiyat vakillarining asossiz aralaşuvi kuzatilgan. Xususan, 50-60 foiz mahallalarda yiğin uçun ajratilgan binoning hokimiyat tomonidan olib qöyilişi va talabga javob bermaydigan joyga köçirilişi, rais va örinbosarlarning heç bir sababsiz işdan olinişi holatlari qayd etilgan.

Şu bois yangi tartibga köra, joriy yilnning 1 iyun sanasidan boşlab fuqarolar yiğinlari xodimlari bilan mehnat şartnomalarini tuziş va bekor qiliş fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman/şahar kengaşlari raislarining birinçi örinbosarlari tomonidan amalga oşirilişi kutilmoqda.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga fuqarolar yiğinlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki bölgan binolarni biriktirilgan yer maydonlari bilan birgalikda hatlovdan ötkaziş, ularni belgilangan tartibda fuqarolar yiğinlariga mulk huquqi bilan berilişini hamda har çorakda tasdiqlangan grafik asosida hududiy «Mahalla markazi» majmualari va namunaviy loyihalar asosida fuqarolar yiğinlari binolarini quriş, rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş holati töğrisida axborot berib boriş topşirildi.

Eslatib ötamiz, hozirda butun respublika böylab may oyida bölib ötadigan mahalla fuqarolari yiğinlari raisi va örinbosarlari uçun saylovga tayyorgarlik jarayoni ketmoqda. Oliy majlis Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev saylov kampaniyasi masalasida ötkazilgan videoselektorda saylov işlari talab darajasida yölga qöyilmagani, deyarli barça hududlarda saylov bevosita ötkaziladigan manzil va obektlar röyxatini şakllantirişda sustkaşlik qilinayotganini tanqid qilgan edi.