Özbekistonda yarim yil içida qamoq jazosi olganlar ötgan yilning şu davriga nisbatan köpaydi. Bu haqda Oliy sud hisobotida keltirib ötildi.
Maʼlum qilinişiça, 2026-yilning birinçi yarmida Özbekistonda jami 11 703 nafar şaxs ozodlikdan mahrum qilingan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2133 nafarga köp.
2026-yilning dastlabki olti oyida ikki nafar mahbusga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan. Qamoq jazosiga hukm qilinganlarning 179 nafari qasddan odam öldiriş, 1 376 nafari oğir va örtaça oğir tan jarohati yetkaziş, 1 789 nafari bezorilik bilan boğliq jinoyat sodir qilgan.
Qamalganlarning qariyb yarmi (5 788 kişi) narkojinoyatlar böyiça aybli deb topilgan. Korrupsiya jinoyatlari böyiça 3605 nafar şaxs sudlanib, ularning 779 nafari ozodlikdan mahrum qilingan.
Eng köp holat Toşkent şahrida qayd etilgan - 2 030 nafar. Farğona viloyatida 1 462 nafar va Toşkent viloyatida 1 452 nafar şaxs qamalgan. Eng kam qamalganlar esa Qoraqalpoğistonda - 317 nafar.











