Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni sud tizimini isloh qiliş böyiça 2030-yilgaça möljallangan “Odil sudlov – 2030” strategiyasini tasdiqlar ekan, bu sohada hali qilinişi kerak bölgan işlar köpligini aytdi. Bu haqda “Özbekiston 24” telekanalida xabar berildi.

“Sud tizimi islohotlari birinçi darajada turadi. Albatta, köp narsalar qildik va qilyapmiz ham, lekin odamlar suddan rozimi degan savol köndalang turibdi. Bu adolatli savolga javobni birgalikda izlaşimiz kerak. Sud ostonasidan kirgan odam Yangi Özbekistonning şabbodasini sezib çiqişi uçun harakat qilişimiz kerak.

Davlat hokimiyatinig uçta ustunidan bittasi – sud. Konstitutsiyaviy sud adolatli hakam bölib baho bersin, oxirgi 10 yilda nima qilindi, nimalarga erişamiz? Mana, [Oliy sudga] yangi rahbar qöydik. Odamlarning manfaati, odamlarni rozi qiliş, qadrini kötariş nuqtayi nazaridan harakat qilyapmiz. Baribir hali qiladigan işlarimiz qilgan işimizdan köproq, desak bu haqiqat.

Sudlarga boruvçilarning 100 foiz işonçini qozoniş uçun şaroit yaratimiz kerak. 2030-yilgaça zamonaviy sud bölişi kerak”, – degan davlat rahbari.

“Odil sudlov – 2030” strategiyasi

Özbekistonda 2030-yilga qadar xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş strategiyasi qabul qilindi. Strategiya loyihasini davlat rahbariga 14-avgust kuni Oliy sudning yangi raisi Robaxon Mahmudova taqdimot qildi va şu kuni imzolangan prezident farmoni bilan, “Odil sudlov – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.

Unda kelgusi yillar uçun jumladan quyidagi çoralar közda tutilgan:

  • ayni bir sud özi çiqargan qarorni özi qayta körib çiqişi amaliyotiga çek qöyiş va odamlarning adolat izlab Toşkentga qatnaşiga zaruratni kamaytiriş maqsadida, viloyat sudlarining qarorlarini qayta köriş bilan şuğullanuvçi beşta hududlararo sudlar taşkil etiladi;
  • odamlarning eng köp işi tuşadigan fuqarolik sudlari ham odamlarga yaqinlaşib, deyarli barça tuman-şaharlarda işlay boşlaydi;