Şu yilning 8 aprel kuni Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida yaşovçi F.R. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.

U şu yil 7 aprelga ötar keçasi noma'lum şaxslar Navröz mahalla hududidagi “Umidov Yunus” dehqon xöjaligiga qaraşli dala maydonida joylaşgan qöyxonadan unga tegişli 39 boş qöylarini öğirlab ketganliklarini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Koson tumani Lolazor mahallasida yaşovçi M.A., M.U. va Arabxona mahallasida yaşovçi S.U. sodir etganliklari aniqlanib, uşlanganlar. 

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.