Arxeologlar Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanidagi Odirmon yodgorligida qadimgi otaşgoh va inson suyaklarini saqlaşga möljallangan sopol idiş - ossuariyni aniqladi.

Ispaniyaning La Brújula Verde raqamli jurnali maʼlumotiga köra, topilmalar miloddan avvalgi III asrdan milodiy III asrgaça bölgan davrga oid bölişi mumkin. Demak, ularning yoşi 1700-yildan 2300-yilgaça deb baholanmoqda.

Odirmon yodgorligidagi muntazam arxeologik tadqiqotlar 2026-yilda Samarqand Arxeologiya instituti ilmiy xodimi Sanjar Abdurahimov rahbarligida boşlangan.

Qaziş işlari davomida majmuaning şimoli-şarqiy qismidan balandligi qariyb 70 santimetr va kengligi 90 santimetr bölgan otaşgoh topildi. Uning yuzasida bir neça marta surtilgan loy suvoq qatlamlarining qoldiqlari saqlanib qolgan.

Mutaxassislar mazkur inşoot muqaddas olovni yoqiş va saqlaş uçun xizmat qilgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq otaşgohning aniq vazifasi keyingi tadqiqotlardan söng belgilanadi.

Ossuariy nima?

Otaşgoh yonidan ossuariy - marhumlarning tozalangan suyaklarini saqlaş uçun işlatilgan maxsus sopol idiş ham topilgan.

Qadimgi dafn anʼanalarida ossuariylar oddiy idiş emas, balki diniy va marosimiy ahamiyatga ega buyum hisoblangan. Ular köpinça turli ramziy naqşlar, ösimliklar va hayvonlar tasviri bilan bezatilgan.

Odirmonda topilgan ossuariy yuzasiga kiyik va Turkiston arçasi tasvirlari tuşirilgan. Uşbu naqşlarning maʼnosi hozirça aniq emas.

Arxeologlar idişni tozalaş va qayta tiklaş işlari yakunlanganidan keyin tasvirlarning mazmuni hamda ularning diniy ramzlar bilan boğliqligini örganadi.

Zarduştiylik marosimlari bilan boğliq bölişi mumkin

Otaşgoh va ossuariyning bir joydan topilişi majmua zarduştiylik anʼanalari bilan boğliq bölişi mumkinligini körsatmoqda.

Zarduştiylik taʼlimotida tuproq, suv va olov muqaddas hisoblangan. Şu sababli marhumning jasadini yerga kömiş yoki yoqiş tabiat unsurlarini nopok qiliş sifatida qabul qilingan.