Qirğizistonning Issiqköl viloyati yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş boşqarmasi xodimlari “tölov” marosimi ötkazişdi, ya'ni yaxşi niyatda jonliqni qurbonlikka keltirişdi. Bu haqda “Turmush” naşri xabar berdi.
Qirğizistonlik “dançilar” yöl-transport hodisalari bölmasligini niyat qilgan holda bir neçta qöyni qurbonlik qilişgan. Qurbonliklar göşti boşqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga bolalar uylariga, köp farzandli va kam ta'minlangan oilalarga ulaşilgan.
Boşqarma xodimlari faqatgina diniy marosim bilan çeklanib qolmay, mahalliy aholi bilan yöl harakati xavfsizligiga amal qiliş zarurligi haqida suhbat ötkazişgan.
Qirğizistonda mustaqillik yillarida odamlarning dindorligi darajasi ança oşgan, şu sababli davlat idoralarida bunday marosimlar ötkazilişi ajablanarli hol emas.
Ta'kidlanişiça, 2017 yilda Qirğizistonning uçta janubiy viloyati yoşlari ham YTHlar soni kamayişi niyatida qurbonlik keltirişgan. 2011 aprelda esa Qirğiziston parlamenti deputatlari parlamentdan “ins-jinslarni quviş maqsadida” 7 ta qöyni qurbonlikka keltirişgan.








