Kun.uz’ga Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanidagi «Gavxona» mahalla fuqarolar yiğinidan Olim Eşmurodov murojaat qilib, qişloğiga taklif qildi keyingi oylarda özini va oilasini qiynayotgan muammolarni gapirib bermoqçi ekanligini aytdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Biz Çiroqçi tumaniga yöl oldik va vaziyat bilan yaqindan tanişdik.
Qişloq ahlining, çunonçi, köp yillar maktabda dars bergan keksa pedagog Murodullo Sayfullayevning aytişiça, «Gavxona» qişloğida joylaşgan sobiq çorvaçilik fermalari va ularga biriktirilgan yaylovlar 90-yillarda fermerlarga bölib berilgan.

Ma'lum bölişiça, qişloqni kesib ötuvçi Gavxona daryoni sohilida, qirga tutaşgan hududda Olim Eşmurodov dehqonçilik va çorvaçilik qiliş uçun maydonni tekislab, faoliyat körsatib kelmoqda. Uning bu yerga egalik qilişi uçun biror hujjati yöqligini ham tan oldi.

Lekin çorvaçilikka ixtisoslaşgan «Taraqqiyot» fermer xöjaligi rahbari Tursunpölat Murodov bugungi kunda yerlar unga tegişli ekanligini da'vo qilmoqda. Olim Eşmurodovning hikoya qilişiça, T.Murodov ayni kunda u obod qilgan yerlarni ham egallaş harakatiga tuşgan. U O.Eşmurodovni özining abgor ahvoldagi molxonasi quriliş materiallarini öğirlaganlikda, tovuqlari esa qoramollariga kasallik yuqtirganlikda ayblamoqda.
Olim Eşmurodovning 87 yoşdan oşgan qariya onasi Karomat momo ham bu janjallardan bezor bölgan.

«Taraqqiyot» fermer xöjaligi rahbari Tursunpölat Murodov tomonidan 1990-yillarda ajratib berilgan çorvaçilik fermasining ahvolidan mutasaddilar xabardor ekanmi?
Yerga, mulkka bölgan bunday munosabat nimadan dalolat? Agar şunça yildan buyon ular eplay olmayotgan bölsa — qişloqdagi yoşlarni iş bilan ta'minlaş uçun berilgani yaxşi emasmi?

Biz mazkur hududdagi boşqa fermalarni ham kördik. Mutasaddilar sörasa «mollar yaylovda», deyişarkan. Lekin biz borgan kuni (12 mart) kunlar ilimagan va hali çorva yaylovlarga haydalmagan edi. Fermalarning faqatgina bittasida taşqariga çiqarilgan göng qişda kamsonli çorva saqlanganidan guvohlik berib turibdi.
Olim Eşmurodov özi özlaştirgan va obod qilgan yerni hujjatlaştiriş uçun tuman hokimligi, yer resurslari va kadastr bölimiga murojaat qilib, natijaga erişa olmayotganini aytdi.
Biz öşa kuni mazkur holatga izoh oliş uçun hududlarga çiqib ketgan Çiroqçi tuman hokimligidagi mutasaddilarni kuta-kuta uçraşa olmadik.

Endi vaziyat bilan tanişib, biror hujjati yöq bölsa ham yöqdan bor qilgan Olim Eşmurodov haqmi, lekin davlat işonib topşirgan borni yöq qilgan odamlarmi, degan savolni örtaga taşlagimiz keldi. Çiroqçidagi tuman mutasaddilari bunga javob berişarmikan?
Şuhrat ŞOKIRJONOV,
Kun.uz muxbiri.












