Ayni kunlarda Matbuot va axborot agentligi Boş direktori L.Tangriyev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada elektron kutubxona sohasidagi yutuqlar bilan yaqindan tanişib, özaro hamkorlikni yanada kengaytiriş borasida muzokaralar olib bormoqda.

Delegatsiya a'zolari 12 iyul kuni Seulda joylaşgan, 6,5 million (şundan 844 mingtasi xorijiy naşr) bosma va elektron kitob fondiga ega Koreya milliy kutubxonasi hamda Yonsey universitetining Markaziy kutubxonasi faoliyati, u yerda kitobxonlar uçun yaratilgan şart-şaroit va qulayliklar bilan yaqindan tanişdi.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Şu kuni L.Tangriyev va Janubiy Koreya milliy kutubxonasining Elektron kutubxonasi direktori Hyung Ho Lee örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Muloqot çoğida L.Tangriyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan işlab çiqilgan va bugungi kunda amaliyotga samarali tatbiq etilayotgan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi asosida respublikani har tomonlama rivojlantiriş maqsadida turli yönalişlarda keng qamrovli islohotlar olib borilayotganini ta'kidladi. Öz navbatida, aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida kitob va kitobxonlikni keng tarğib qiliş, kutubxonalar faoliyatini yanada takomillaştiriş, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş, kutubxonalarning nafaqat kitob fondini, balki ularning moddiy-texnik bazasini ham zamonaviy texnik-uskunalar bilan boyitişga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Uçraşuvda Koreya Respublikasining Eksimbank muassasisi tomonidan 14,6 mln. AQŞ dollariga moliyalaştirilayotgan Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasida amalga oşirilayotgan “Milliy umuta'lim kutubxona” loyihasi mazkur davlatning elektron kutubxona tajribasi asosida yaratilayotgani, bu borada koreyalik mutaxassislarning kömagini alohida ta'kidlab, “Koreyaga nigoh” loyihasini yanada kengaytiriş, özaro tajriba almaşişni davom ettirişdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanini bildirildi.