Samarqandda 2019 yilning 1 aprel holatiga köra xorijiy investitsiya va sarmoyalar hisobiga qurilgan 443 ta korxona davlat röyxatidan ötkazilgan va ulardan 430 tasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Samarqand viloyat statistika boşqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi. Ma'lum bölişiça, joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatda 36 ta xorijiy investitsiya va sarmoyalar hisobiga qurilgan korxona röyxatga olingan.
Faoliyat körsatayotgan 430 ta xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar iştirokidagi korxonalarning asosiy qismi ya'ni, 254 tasi sanoat sohasiga, 60 tasi savdo sohasiga, 38 tasi qişloq, örmon va baliq xöjaligi sohasiga, 24 tasi quriliş sohasiga, 12 tasi yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar sohasiga, 8 tasi taşiş va saqlaş sohasiga, 6 tasi soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasiga, 3 tasi axborot va aloqa sohasiga hamda 25 tasi boşqa sohalarga töğri kelmoqda.
Faoliyat körsatayotgan xorijiy investitsiya va sarmoyalar iştirokidagi korxonalarning aksari Xitoy va turkiyalik investorlar hissasiga töğri keladi:
Turkiya – 75
Xitoy – 66
Rossiya – 58
Janubiy Koreya – 33
Eron – 18
BAA – 18
Buyuk Britaniya – 16
AQŞ – 13
Germaniya – 10
Qozoğiston – 10.












