Kun.uz muxbiri Içki işlar vazirligi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati boşliği Akmal Yunusov va boş boşqarma qoşidagi Jamoatçilik kengaşi kotibi Mansur Rixsiyev bilan yöl harakati qoidalariga kiritilgan özgarişlar, yöl çetidagi radar, mulyajlarning neçoğli samaradorligi va jarima yozişdagi xatoliklar töğrisida suhbatlaşdi.
IIV YHX BB vakillari kunduzgi vaqtda avtomobil çiroqlarini yoqib yuriş qoidasi töğrisida izoh berişdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Bu borada, avvalo, ilğor xorijiy davlatlar tajribasi örganildi. 2016 yil 1 martdan kuçga kirgan yöl harakati qoidalarida avtobus va mikroavtobuslar, yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi transport vositalariga kunduzgi vaqtda ham yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoqib yuriş majburiy qilib belgilangandi.
Keyinçalik, tahlillar va özgarişlarga asoslangan holda barça transport vositalari kunduzi yaqinni yorituvçi va kunduzgi signal çiroqlarini yoqib yurişi zarurligi töğrisidagi qarorga kelindi.
Jahon tajribasida çiroqlarni yoqib yuriş yöl-transport hodisalarining oldini olişda ijobiy ta'sirini körsatişi isbotlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan iqlim masalasiga töxtaladigan bölsak, bu holatda iqlimiy şaroitlarning heç qanday ahamiyati yöq.
Çiroqni yoqib kelayotgan transport vositasini piyoda böladimi, boşqa haydovçilar böladimi, uzoq masofadan ilğaydi, huşyor böladi. Şu maqsadda ham bu qoida joriy etilyapti. Öylaymizki, bu öz natijasini beradi va yöl-transport hodisalarining oldini olişga xizmat qiladi», deydi IIV YHX BB matbuot xizmati boşliği Akmal Yunusov.

IIV YHX BB qoşidagi Jamoatçilik kengaşi kotibi Mansur Rixsiyev esa uşbu qoida yuzasidan şunday fikr bildirdi:
«Yöl harakati qoidalariga özgartiriş kiritiş töğrisida»gi 292-sonli qaror çiqqaç, kunduz payti avtomobil old çiroğini yoqib yuriş masalasida köplab murojaatlar bölyapti. Quyoşli yoz kunlarida bu motorning qizib ketişiga sabab bölişidan xavotirlanayotganlarga aytişim mumkinki, hozirgi avtomobillarda buning barça jihatlari hisobga olingan.
Masalan, mamlakatimizdan ham issiqroq iqlim şaroitiga ega davlatlarda transport vositalari kunduz payti çiroq yoqib yuradi. Old tomonga qarab harakatlanayotgan avtomobil haydovçisi yon tomondan çiroğini yoqib kelayotgan transport vositasini köz qiri bilan ham ilğay oladi.
Bularning barçasi xavfsizlik uçun. Jahon tajribasida uşbu amaliyot orqali yöl-transport hodisalari 15%gaça kamayişiga erişilgan. Özbekiston hududida yiliga 9 mingga yaqin yöl-transport hodisasi qayd etilgan bölsa, uning 15%gaça kamayişi sezilarli raqamni keltirib çiqaradi. Raqamlar ortida esa insonlar hayoti turadi».

Yöl harakati qoidalari borasidagi özgarişlar töğrisida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi vakillari bilan suhbatning töliq şaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomoşa qilişingiz mumkin.













