Qaysi yoşga qanday qurilma kerak, u qança turadi va bolalar guruhini avtobusda taşişda qanday qoidalar borligini tuşuntiramiz.

Qonun bolalarni taşiş böyiça qanday talablar qöyadi?

12 yoşga tölmagan bolalarni quyidagi holatlarda taşiş mumkin emas:

  1. mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa örindiğida;

  2. kiçik hajmdagi mototransport vositalarining orqa örindiğida;

  3. bolalarni uşlab turuvçi maxsus qurilma örnatilmagan transport vositasining old örindiğida.

Yengil avtomobilning orqa örindiğida bolani maxsus qurilmada taşiş talab qilinmaydi

Bolani qaysi avtokresloda taşiş kerak?

Bolalarni avtomobilda taşiş uçun avtolyulka, avtokreslo va buster kabi qurilmalardan foydalaniladi. Ular bir-biridan tuzilişi, örnatiliş usuli va qaysi ölçamdagi bolaga mosligi bilan farq qiladi. Avtokreslolarni Wildberries, Ozon, Uzum Market, Yandex Market, OLX kabi marketpleyslardan xarid qilişingiz mumkin.

Olx avtokreslo qidiruv sahifasi.
Foto: Kun.uz
Olx avtokreslo qidiruv sahifasi.

OLX