Adliya vazirligi taşabbusi bilan noqonuniy poygalarni taşkil etganlik va unda iştirok etganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik çoralarini nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar berdi.

Qayd qilinişiça, yöllarda noqonuniy taşkil etilayotgan poygalar yöl harakati iştirokçilarining xavfsizligiga, aholining osoyiştaligiga jiddiy xavf solib, inson ölimigaça bölgan öta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bu esa aholining, şu jumladan yöl harakati iştirokçilarining haqli e’tirozlari va xavotirlariga sabab bölmoqda.

Şuni inobatga olib, Adliya vazirligi yöllarda noqonuniy poygalarni taşkil etiş oqibatida vujudga kelayotgan yöl-transport hodisalarini oldini oliş maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini işlab çiqib, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelişiş uçun kiritdi. Xabarda javobgarlik qanday bölişiga aniqlik kiritilmagan.

Ta’kidlanişiça, qonun loyihasi 17 fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelişiş uçun yuborilgan. Belgilangan tartibda kelişilganidan söng, jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi.