Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boşqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019 yilning dastlabki 3 oyida tergov qilingan jinoyat işlari tahlil qilindi. Bu haqda Boş prokuratura xabar bermoqda.
Tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 (3 264) ta jinoyat işi böyiça tergov harakatlari ötkazilib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 190 taga yoki 1,5 foizga kamaygan. Şundan 1 756 (1 819) nafar şaxsga nisbatan 1 129 (1 183) ta jinoyat işi sudga yuborilib, ötgan yilga qaraganda 54 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.
2019 yilning dastlabki 3 oyida 399 (263) ta jinoyat işining tergovi, şu jumladan 210 (143) tasi JPKning 83-moddasiga, 189 (120) tasi 84-moddasiga asosan tugatilgan bölib, bu körsatkiç tergov qilingan jami jinoyat işlarining 16,1 (9,7) foizini taşkil etadi.
Respublika böyiça 2019 yil 3 oyida 90 ta qotillik jinoyati sodir etilgan bölib, ötgan yilga nisbatan (123) 33 taga yoki 26,9 foizga kamaygan. Sodir etilgan qotillik jinoyatlarining hozirça faqat 1 tasi foş etilmasdan qolmoqda.












