Juda kamaytirib hisoblaganda, Özbekiston aholisining «sandiği»da bir neça milliard dollar bor. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov ma'lum qildi.
Uning «Laboratoriya biznesa»ga bergan intervyuda aytişiça, agentlik aholida mavjud bölgan mablağlar miqdorini baholadi. «Bugungi kunda aholida «sandiq»da bölgan haqiqiy pullar miqdori bir neça milliard dollarga baholanmoqda. Bu önlab milliard dollar bölişi ham mumkin», - dedi u.
Uning sözlariga köra, bu pullar işlaşi uçun moliyaviy vositalarni rivojlantiriş kerak. Şunda biznes aholi mablağlarini sarmoya sifatida jalb qiliş imkoniga ega böladi.
«Nima uçun bu pullar sandiqda yotibdi?.. Ular işlaşi uçun moliyaviy vositalarni rivojlantiriş lozim, oddiy qoida. Nizolarni bartaraf etiş, mulkdorlar va aksiyadorlar huquqlarini himoya qiliş uçun adolatli sud tizimi bölişi kerak», - deya ta'kidlab ötdi Nazirov.












