23-28 aprel kunlari Özbekistonda ilk bor velosportning şosse yönalişi böyiça Osiyo çempionati ötkaziladi. Kun.uz’ga ma'lum qilinişiça, poygalarda 32 mamlakatdan 460 nafardan ortiq sportçi iştirok etadi.
Osiyoning kuçli sportçilari va velopoygaçilar guruhlari qit'aning eng yaxşi velopoygaçilari nomi uçun kuraş olib borişadi, şuningdek, 2020 yilda Tokioda böladigan navbatdagi yozgi Olimpiya öyinlari yöllanmalari uçun ham özaro raqobatlaşişadi.
Musobaqaga tantanali start beriş marosimi Toşkent şahridagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida bölib ötadi va Toşkent-Ğazalkent-Çimyon yönalişi böyiça amalga oşiriladi.

“Osiyo Çempionatida öz jamoangizni qöllab-quvvatlang!”, - deyiladi manbada.
Çempionat doirasida, şuningdek, Osiyo velosport konfederatsiyasi kongressi va Butunjahon velosportçilar federatsiyasi raisi David Laparte va Osiyo velosport konfederatsiyasi raisi Osama Al-Şafar iştirokidagi Antidoping böyiça seminar ham bölib ötadi.












