Yoşligimizda şöxlik qilib, yangi ekilgan daraxt yoki meva tugib turgan daraxt şoxlarini sindirsak, katta yoşli insonlar tanbeh berişar, «Uvol qilma, bolam», deya nasihat qilişardi.
Yoşimiz ulğayib, boğ yaratiş naqadar maşaqqatli mehnat talab qilişini, bir daraxt mevaga kirişi uçun bir neça yil e'tibor, parvariş lozimligini bildik, kördik.
Şuning uçun ham boğbon boğidagi daraxtning bir şoxi sinsa ham joni oğriydi, kuyunadi, mehnatiga açinadi. Agar neça yillik boği bir kunda buzilib, daraxtlari ayovsiz kesib taşlansa-çi, unda uning ahvolini tasavvur ham qilib bölmaydi.
Kun.uz tahririyatiga şu mazmundagi murojaat Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz tumanidan yöllandi. Unda aytilişiça, boğdorçilikka ixtisoslaştirilgan fermer xöjaliklarining bir neça yillik boğlari, endi mevaga kirgan daraxtlari hokimlik mutasaddilari tomonidan kesib taşlanayotgan ekan.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Murojaat asosida Şahrisabz tumani, «Uymovut» mahallasiga yöl oldik. Mahalla hududidagi boğdorçilikka ixtisoslaştirilgan fermer xöjaliklaridagi boğ egalari bilan suhbatlaşib, ayni vaqtda buzib taşlangan boğ örnini közdan keçirdik. Şudgorga aylantirib ham qöyişibdi.


«Bu yerdan bir neça yillardan buyon foydalanamiz. Boğ yaratib, hosil olganimizdan buyon aholini, bozorlarni turli mevalar bilan ta'minlab kelayotgandik. 2002 yilda qiş qattiq sovuq kelgani tufayli boğdagi daraxtlarni sovuq urib ketdi. Boğni qaytadan barpo qildik va 8 gektar yerga hosildor olma, 6 gektar yerga olxöri, gilos kabi turli meva köçatlarini ekdik.
2016 yilda 14 gektarlik boğ 7ta fermer xöjaligiga ajratilib, bölib berildi. Köpçilik işli böldi, oilalar şu boğ orqali daromad topib, rözğor tebratayotgandi. Ammo yaqinda tuman hokimi Isroil Amanov boğimizni «yaroqsiz» degan vaj bilan buziş harakatiga tuşdi. Tuman hokimi oldiga bir neça marta bordik. Ammo hokim bölib, biz fuqarolarni umuman eşitişni istamadi.
2019 yilning 16 fevral kuni tuman hokimi örinbosari, yuristi, içki işlar xodimlari va yana bir guruh odamlar kelib, heç qanday ogohlantirmasdan tösatdan boğdagi daraxtlarni kesişga tuşişdi. Qanday şafqatsizlik bu, axir!? Hokimman, amaldorman, deb nahotki, fuqarolarning huquqlarini oyoqosti qilişsa?! Qanday zamonda yaşayapmiz, axir? Zöravonlik davrlari ötib ketmadimi, haliyam?
Boğimizga, ayniqsa, bu yil hosil berişni boşlayotgan daraxtlarni asrab qoliş uçun qarşilik körsatdik. Hokimning oğzaki buyruğini rökaç qilib, biror hujjat körsatmasdan yangi hosilga kirgan 3000ta olma daraxtini kesib taşlaşdi. Fuqarolarning huquqlarini himoya qiladigan içki işlar xodimlari ham bu holatni tomoşa qilib, huquqlarimiz buzilişiga jim qarab turişdi.
Viloyat hokimi Zafar Röziyevga murojaat qildik. Ikki nafar mutasaddi kelib, boğning qolgani buzilmaydi, intensiv boğ qilamiz, orasiga paxta ekamiz, deb bizdan tuşuntiriş xati olib ketişdi. Ammo 2019 yil 5 mart kuni keçasi kelib, yana mevali daraxtlarni kesişibdi. Yarim tun bölgani uçun bu holatdan ertalab xabar topdik. Bu holat uçun izoh sörab, yana tuman hokimi oldiga bordik. Hokim «Qolgan boğingni ham buzaman, örniga paxta ekaman, nima qila olasan?», deya oçiq aytdi. Hokimning xalqqa bölgan muomalasini körib, juda xafa böldik. Tuman rahbari seni şunça xörlab ötirgandan keyin dardingni kimga aytişni ham bilmaysan », – deydi biz bilan suhbatda Şirin Mamatqulova.
Örganiş davomida fermerlar bizga boğdagi mevali daraxtlarni kesiş jarayoni tasvirlangan videokadrlarni ham taqdim etişdi. Albatta, endigina hosilga kirgan daraxtlarga açinadi, kişi.
Ammo tuman hokimi nega, nima sababdan boğni buziş qaroriga keldi?
Şu savolga javob oliş maqsadida Şahrisabz tumani hokimligida böldik. Tuman hokimi Isroil Amanov bilan körişdik va holat yuzasidan izoh söradik.

«Boğlar yaroqsiz holga kelib qolgan, yerdan samarasiz foydalanib kelişgan. Yerdan foydalaniş samaradorligini oşiriş maqsadida şunday yöl tutmoqdamiz», – deydi tuman rahbari.
Tuman hokimi bilan suhbatimiz jarayonida boğning buzilişi yuzasidan biror hujjat, hokim qarori yoki işçi guruh xulosasi kabi hujjatlar bor-yöqligini söradik. I.Amanov hokimlik mutasaddilariga hujjatlarni taqdim etiş yuzasidan topşiriq berdi. Hokimlik mutasaddilari esa hujjatlarni yaqin vaqt içida taqdim etişga va'da berişdi. Afsuski, oradan şunça vaqt ötsa ham bizga bu ma'lumotlar taqdim etilmadi.
Avvalo, boğdagi endi hosilga kirgan daraxtlar ayovsizlarça kesib taşlanişini oqlab bölmaydi. Agar yerdan samarasiz foydalanilayotgan bölsa, boğni saqlab qoliş yöli bilan zarur çoralar körilsa, maqsadga muvofiq bölardi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, bu boğ qança maşaqqatlar bilan bunyod etilgan. Iqtisodçi iqtisodiy tomonlarni kalkulyatorga solib, mevali daraxtlarni kesib taşlasa, boşqa soha xodimi kelib, öz nuqtai nazari bilan qança zahmat bilan yaratilgan boğni buzib taşlasa, buning uvoli bölmaydimi? Maqsadlarni muvofiqlaştirib, boğni ham asrab qoliş mumkin-ku!?
Tahririyatimizga Şahrisabz tumanidan aynan şu masala yuzasidan yana bir neça fermerdan murojaatlar kelmoqda. Bundan körinib turibdiki, tumanda boği buzilayotgan fermerlar va mahalliy hokimlik örtasida bu masalada nizoli vaziyat yuzaga kelgan.
Kun.uz Qaşqadaryo viloyati va Şahrisabz tumani hokimliklari mutasaddilari bu borada zarur çoralarni körişiga işonç bildiradi va bu mavzuga yana qaytadi.
Bardoşbek SAMAD öğli,
Kun.uz muxbiri












