Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumani hokimi Hasan Samadov şu kunlarda internet yulduziga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu amaldor tumandagi xonadonlardan biriga kirib, uydagi tozalikni tekşirgani va mavjud holatni tanqid qilib, uy egasini farzandi oldida koyib bergani aks etgan video tarqaldi.

11 daqiqayu 6 soniya davom etgan videoda hokim bir neça bor öz vakolatlari doirasidan çetga çiqib, ayolning şaxsiy hayotiga aralaşgani, uni kamsitgani va qörqitganini köriş mumkin.

Xususan, u «bu uyga normal odam kelin bermasligi»ni iddao qiladi.

«Yaşaşni qarang… Şu ayolning yaşaşimi? Mana bu çoynakka qarang. Örgimçak töriga qarang. Şu rözğormi? Mana bu çangga, muzlatkiçdagi kirga qarang. Uşlab böladimi buni?» – deydi hokim oçiq osmon ostida turgan buyumlarga birma-bir teginib.

Hokim ayolni kamsitişda davom etib, öz uyidagi holat bilan bu uydagi holatni umuman soliştirib bölmasligi, xohlasa, uni uyiga olib borib, gapini isbotlaşi mumkinligini aytadi.

«Maşinamga ötirasiz, sizni uyimga olib boraman. Bizning rözğorni körasiz, hamma joyga kiring. Nima uçun meni rözğorimda hammasi toza turadi? Nega hammamiz aynan şunday yaşamaymiz? Men buni özimni maqtaş uçun aytayotganim yöq. Agar sizni tanqid qilişsa, qanday bölişi kerakligi bilan qiziqişiz mumkin», – deydi hokim.

Bundan taşqari, Samadov uy egasini peşin vaqtida uxlayotgani uçun ham tanqid qilgan va özi bu vaqtda işlayotganini peş qilgan.

«Abedda nega biz yotmayapmiz. Biz uxlolmayapmiz-ku abedda! Şu gapiniyam olinglar, abedda biz uxlaymiz-da, deganini», – deya davom etadi tuman rahbari.

Reyd oxirida u uydagi holat uçun jarima qöllanişini aytadi.

«Ertaga yana kelaman. Hozir jarimani urasiz. Köça, uyini, yaşaş, axlat, hammasi uçun jarima urasiz. Menga birortasidan men iltimos qildim, keçirim söradi degan gap kerak emas», – deya buyruq beradi hokim bu holatni kameraga olib yurgan boşqa bir mas’ulga.

Yopişmagan izoh

Bu video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, hokim tanqidlar nişoniga aylandi. Xususan, mansabdor şaxs fuqaroning şaxsiy hududiga bu tarzda aralaşişi qançalik qonuniy ekani savol ostiga olinmoqda.