Xitoyning telekommunikatsiya qurilmalari işlab çiqaruvçi kiçik kompaniyasi Zoom Technologies aksiyalari bir oydan kamroq vaqt içida ming marotabadan köproqqa, ya'ni 0,5 sentdan 6 dollargaça qimmatlaşib ketdi. Bu esa yaqinda Kaliforniyadagi videoaloqa xizmati Zoom Video Communications birjaga aksiyalarini çiqargani bilan boğliq bölib, uşbu kompaniya nomi öxşaş bölgani sababli Xitoy kompaniyasi bilan çalkaştirilmoqda.

Ikkala kompaniya ham logotiplariga Zoom sözini qöyişgan, biroq birjada qisqaça ZOOM va ZM nomlarini qöllaşadi. Xitoy kompaniyasi birjaga olis 1990 yilda çiqqan, Kaliforniya kompaniyasi esa öz aksiyalarini NASDAQ birjasida joriy yil 18 aprelidagina joylaştirgan. 

Xitoy kompaniyasi aksiyalari narxi 22 mart kuni Kaliforniya kompaniyasi aksiyalarini birjada joylaştirişini e'lon qilgandan keyin kötarila boşlagan. Öşanda bir kun içida uning aksiyalari narxi 0,5 sentdan 60 sentgaça, ya'ni 1100 foizga kötarilib ketgan.

Business Insider portali çalkaşlik haqida ogohlantirişiga qaramay, Xitoy kompaniyasi aksiyalari qimmatlaşavergan. 15-16 aprel kunlari esa ularning narxi 6 dollargaça yetgan, ya'ni 19 mart kunidagidan 1,2 ming marta qimmatroq turgan.