ANSA agentligi maʼlumotiga köra, aksiyalarni taşkil qilgan USB kasaba uyuşmasi namoyişlarda 1–1,5 million kişi qatnaşganini bildirgan. Italiya Içki işlar vazirligi esa iştirokçilar sonini 255 ming kişi deb baholagan.
Namoyişçilar, jumladan, uy-joy ijarasi va yonilği narxlari kötarilişidan norozilik bildirgan. Aksiyalarda «Bizga köproq uy-joy kerak, köproq bomba emas» degan şior ham yangragan.
Namoyişlar aksariyat şaharlarda tinç ötgan. Biroq Rim va Turinda keçga borib ayrim iştirokçilar çiqindi qutilarini yoqib, politsiyaçilarga turli buyumlarni uloqtirgan. Bunga javoban politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlar qöllagan.
Içki işlar vaziri Matteo Pyantedozi ayrim şaxslarning tartibsizlik keltirib çiqarişga urinişlariga qaramay, fuqarolarning tinç namoyiş ötkaziş huquqi taʼminlanganini bildirgan.
DW xabariga köra, Italiyadagi aksiyalar sönggi haftalarda Fransiya va Belgiyada ham kuzatilgan norozilik namoyişlari tölqinining bir qismi bölgan.
31-oktabr kuni Germaniyaning 30 dan ortiq şahrida ham şunday aksiyalar ötkazilişi kutilmoqda. Gen-Z regelt harakati çaqiruvi bilan namoyişga çiqadiganlar yaşaş xarajatlari oşişi va majburiy harbiy xizmatni qaytariş ehtimoliga qarşi fikr bildirişi, taʼlimga ajratiladigan mablağlarni köpaytirişni talab qilişi kutilmoqda.












