DW xabariga köra, SpaceX moliyaviy natijalarini 20-oktabr kuni eʼlon qilgan. Ötgan yilning uçinçi çoragida kompaniya tuşumi 5,6 milliard dollarni taşkil etgan edi.

Natijalar tahlilçilar kutganidan yuqori bölgan. Ular tuşumni 12,72 milliard dollar, sof foydani esa taxminan 2 milliard dollar deb prognoz qilgandi. Hisobotdan söng kompaniya aksiyalari asosiy savdo sessiyasidan taşqari savdolarda qariyb 4 foizga qimmatlaşgan.

Ösişga SI va Starlink hissa qöşdi

Reuters qayd etişiça, Starlink sputnik tarmoği va boşqa aloqa loyihalari SpaceX’ning asosiy moliyaviy tayançlaridan biriga aylangan. Bu biznes Maskning sunʼiy intellekt sohasidagi rejalarini moliyalaştirişga ham xizmat qilmoqda.

Kompaniyaning SI yönalişidagi tuşumi töqqiz barobardan ziyod ösib, 7,6 milliard dollarga yetgan. Biroq ösişning asosiy qismi bulutli hisoblaş quvvatlarini ijaraga beriş hisobiga töğri kelgan. Kompaniyaning öz II mahsulotlari, jumladan, Grok çat-boti esa raqobatçilar fonida hali yetakçi öringa çiqmagan.

SI yönalişi katta mablağ ham talab qilmoqda. SpaceX’ning jami 19,6 milliard dollarlik kapital xarajatlaridan 16,4 milliard dollari aynan şu sohaga sarflangan.

Umumiy kapital xarajatlar ötgan yilgi körsatkiçdan qariyb uç barobar köp. Kompaniya yaqin istiqbolda ham xarajatlar şu darajada saqlanişini kutmoqda.

Mask bolalarga aksiya berişni vaʼda qildi

19-oktabr kuni Mask X ijtimoiy tarmoğida 2027-yilda AQŞdagi har bir bolaga bittadan SpaceX aksiyasini sovğa qilişini yozgan. U buni kelgusidagi bir neçta şunday taqsimotning birinçisi deb atagan, ammo taşabbus qanday amalga oşirilişini tuşuntirmagan.

Xabarda keltirilgan hisob-kitobga köra, kompaniyaning öşa paytdagi bahosidan kelib çiqilsa, bunday sovğaning umumiy qiymati taxminan 10,7 milliard dollar bölişi mumkin.

Mask bu bayonotni Anthropic kompaniyasi aksiyalarining kamida 5 foizini «Jamoat manfaati jamğarmasi»ga yönaltiriş niyatini eʼlon qilganidan bir kun ötib bergan. Sönggi baholaş böyiça taxminan 48 milliard dollarga teng bu uluşdan notijorat taşkilotlariga xayriyalar yoki aholining ayrim guruhlariga töğridan töğri tölovlar uçun foydalanilişi mumkin.