Intel hisob-kitoblariga köra, dunyo böyiça şaxsiy kompyuterlar savdosi 2026-yilda 12 foizga, 2027-yilda esa yana 10 foizga qisqarişi mumkin. Bozordagi sustlik kamida kelasi yilning birinçi yarmigaça saqlanib qolişi kutilmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri - xotira çiplari yetişmayotgani va ularning narxi keskin oşgani. Noutbuk va statsionar kompyuter işlab çiqaruvçilari uçun butlovçi qismlar qimmatlaşmoqda. Bu tayyor qurilmalar narxini ham oşirib, xaridorlar talabini pasaytiryapti. Natijada kompyuterlar uçun Intel protsessorlariga ehtiyoj ham kamaymoqda.
Aksiyalar qulaşi 29-oktabr kuni asosiy birja savdolari yakunlanganidan keyingi qöşimça savdolarda kuzatildi. Kompaniya törtinçi çorakda 15–16 milliard dollar tuşum olişini prognoz qilgan. Tahlilçilar esa örtaça 17,07 milliard dollar kutgan edi. Bir aksiyaga töğri keladigan tuzatilgan foyda prognozi ham kutilmalardan past - 43 sent örniga 25 sent böldi.
Vaholanki, Intel’ning uçinçi çorak natijalari ösişni körsatgan. Kompaniya tuşumi ötgan yilning şu davriga nisbatan 21 foizga köpayib, qariyb 16,5 milliard dollarga yetgan. Bir aksiyaga töğri keladigan tuzatilgan foyda 52 sentni taşkil etib, tahlilçilar kutilmalaridan yuqori bölgan.
Biroq kompaniyaning turli yönalişlarida vaziyat bir xil emas. Maʼlumotlar markazlari va sunʼiy intellekt yönalişidagi tuşum 78 foizga oşib, 7,3 milliard dollarga yetgan. Şaxsiy kompyuterlar uçun çiplar yönalişida esa tuşum 5 foizga kamayib, 8,1 milliard dollarga tuşgan.
Işlab çiqarişdagi uzilişlar ham kompaniya ahvolini qiyinlaştirmoqda. Oktabrda Intel’ning Isroildagi Kiryat-Gat zavodida sodir bölgan, ikki kişi halok bölgan portlaş ortidan korxona ikki hafta işlamagan. Kompaniya bahosiga köra, bu hodisa ikki çorak davomida jami qariyb 600 million dollarlik tuşum yöqotilişiga olib kelişi mumkin. Uziliş sunʼiy intellekt serverlari uçun çip yetkazib beriş imkoniyatlarini ham çeklamoqda.

















