Ukraina prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy ikkinçi turda ovoz beriş jarayonida saylov qonunçiligini buzdi va jurnalistlarning iltimosiga köra ularga özining töldirilgan byulletenini namoyiş etdi. 

«Oy, körsatiş mumkin emasku? Men körsatmadim, siz körmadingiz», deya hazil qilgan Zelenskiy.

Byulleten suratida köriş mumkinki, şoumen nomzod öz familiyasini belgilagan.

Bu haqda  xabar tarqalgaç, saylov uçastkasiga politsiya yetib kelgan va nomzodga qarşi protokol tuzgan. Zelenskiy saylov qonunçiligini buzgani uçun Ukrainadagi eng minimal daromad miqdorining (17 grivna) 30 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarimaga tortilişi mumkin - ya'ni, 510 grivnadan 850 grivnagaça (19-31 dollar atrofida).

Zelenskiyning ştabi boşliği Dmitriy Razumov nomzodning bu harakati jiddiy muammo emasligini yozib qoldirgan.

«Yangi prezident - yangi qoidalar. Barçasi qonun doirasida bölişi kerak! Zelenskiyga byulletenini körsatgani uçun ma'muriy huquqbuzarlik böyiça protokol tuzişdi», degan u.

Bugun Ukrainada prezidentlik saylovining ikkinçi turi ötkazilmoqda. Unda 31 kuni bölib ötgan birinçi turda yetakçilik qilgan şoumen Vladimir Zelenskiy (30,24) va Ukrainaning amaldagi prezidenti Petro Poroşenko (15,95) kuraş olib bormoqda.

Mahalliy vaqt bilan soat 15:00 holatiga köra saylovda davomat 45 foizni taşkil qilmoqda. Ovoz beriş jarayoni soat 22:00ga qadar (Toşkent vaqti bilan 22:00) davom etadi.

Dastlabki ekzit-pollarga köra, Zelenskiy Poroşenkoni yaqqol ustunlik bilan ortda qoldirmoqda - 75 foizga 25 foiz.