Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili Ukrainaga kirişiga taqiqning bekor qilinişiga erişmoqçiligini ma'lum qildi.   

“Men Ukrainaning oddiy fuqarosi sifatida bu katta islohotlarning bir qismi bölmoqçiman. Özimning ona Gruziyam kabi yaxşi köradigan davlatdan meni haydab çiqarişlari adolatsizlikdir”, deb aytgan Saakaşvili.

Siyosatçining aytişiça, u taqiqning olinişi böyiça Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsakka murojaat qilgan. U, şuningdek, 22 aprelga Ukrainaga çipta olib qöyganini qöşimça qilgan. 

“Menda çipta bor, biroq Kiyevga uçib kelib, özimni sudda himoyalaşim uçun yuristim orqali Ukraina xavfsizlik xizmati rahbariga prezident Pyotr Poroşenko menga qarşi kiritgan taqiqning olinişini sörab murojaat qildim. Men Kiyevda bölişni juda istayman”, deb aytgan Saakaşvili “Maksi-TV” telekanali efirida. 
 
Saakaşvili Ukrainada mamlakat prezidenti saylovlarining 1-bosqiçi ötkazilgan kunning ertasi – 1 aprelda bölişni rejalaştirgandi. Uning ta'kidlaşiça, u Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko saylovlarning 2-bosqiçiga ötmasligiga işonçi komilligi sababli şu kunga çipta olib qöygan.

Avvalroq Ukraina prezidenti saylovlarida ğolib bölgan Vladimir Zelenskiy Saakaşvilini “Ukraina demokratiyasining Yevropadagi himoyaçisi” deb atab, agar prezident etib saylansa, unga siyosatçining yordami kerak bölişini aytgan.