Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toşkentda ilk bor Tashkent Law Spring – xalqaro miqyosdagi yuridik forum bölib ötadi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot brifingida ma'lumot berdi.

«Huquq – jadal modernizatsiya davrida»  mavzusida ötkazilayotgan forumda zamonaviy huquq tizimini rivojlantiriş masalasi, yuridik nazariya va amaliyotdagi muammolar yuzasidan muhokamalar bölib ötadi.

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili»   davlat dasturi doirasida ötkaziladigan mazkur forum jahon yuridik hamjamiyatini Özbekiston qonunçiligi bilan yaqindan taniştiriş, mamlakatdagi islohotlar mohiyatini obektiv tarzda yetkazib berişni maqsad qiladi. Forumda kötariladigan masalalar böyiça çiqarilgan xulosalardan milliy qonunçilikni rivojlantirişda foydalaniş közda tutilgan» , – deydi Adliya vaziri bölim boşliği A'zam Madaminov.

Ma'lum qilinişiça, forum dasturi «Sifatli davlat boşqaruvi» , «Qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini isloh qiliş» , «Faol investitsiya siyosati»  yönalişlari böyiça 17ta sessiyani hamda notariat va sud-ekspertiza tizimiga oid ikkita davra suhbatini öz içiga oladi. 

Forum doirasida «Yilning eng yaxşi advokati» , «Yilning eng yaxşi advokatlik tuzilmasi» , «Eng yaxşi korporativ yuridik xizmat»  nominatsiyalari böyiça nomzodlarni taqdirlaş marosimi ham bölib ötadi.

Forum taşkiliy qömitasi iştirok uçun murojaatlar belgilangan muddatdan oldin töxtatilganiga izoh berdi. «Avval boşidanoq forumda 800 nafar iştirokçi bölişi rejalaştirilgan edi. Qatnaşiş uçun juda köp ariza kelib tuşgani, hali qabul muddati tugamasidanoq közlangan miqdordan köp kişi röyxatga olingani bois qabulni 5 kun oldinroq töxtatişga töğri keldi. Bunda jismoniy imkoniyatlar inobatga olindi. Röyxatdan öta olmaganlardan taşkiliy qömita uzr söraydi»  , dedi A'zam Madaminov.

Tadbirda yurisprudensiya sohasining mingdan ziyod vakillari iştiroki kutilmoqda. Jumladan, 37 mamlakatdan adliya vazirlari, taniqli advokatlar, biznes vakillari, nazariyotçi olimlar, 240 nafar delegat taşrif buyuradi.

Forumda iştirok eta olmaganlar uni onlayn translatsiya asosida Oʻzbekiston24 telekanali hamda tashkentlawspring.uz sayti orqali kuzatişlari mumkin.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahrida ilk marotaba xalqaro miqyosda bölib ötayotgan mazkur yuridik forumda iştirok etiş pulli tartibda amalga oşirilişi haqida ma'lum qilingan edi.