Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toşkentda ilk bor xalqaro miqyosda «Tashkent Law Spring» yuridik forumi ötkaziladi. Bu haqida 4 mart kuni bölib ötgan matbuot brifingida ma'lumot berildi.
Adliya vazirligi taşabbusi bilan «Huquq – jadal modernizatsiya davrida» mavzusida ötkazilayotgan forumda zamonaviy huquq tizimini rivojlantiriş masalasi, yuridik nazariya va amaliyotdagi muammolar yuzasidan muhokamalar bölib ötadi.
Forum dasturi doirasida uçta yönalişda: «Sifatli davlat boşqaruvi», «Qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini isloh qiliş», «Faol investitsiya siyosati» sessiyalari, şuningdek, 18ta parallel sessiya, notariat va sud-ekspertiza tizimi böyiça ikkita davra suhbati hamda «Yuridik firma va advokaturani taşkil etişda qanday qilib muvaffaqiyatga erişiş mumkin?» mavzusida mahorat darsi ötkaziladi.
Tadbirlar UzExpo markazida taşkillaştiriladi.
«Muhokamalarni huquq va investitsiyaga boğlagan holda ötkazişni rejalaştirganmiz. Çunki har qanday mamlakatga pul kiritişdan oldin xorijiy investor u yerdagi qonunçilik tizimi, qonunlarning amaliyotda qay darajada işlaşi bilan qiziqadi. Bu huquqşunoslar bilan hamkorlikda keçadigan jarayon», dedi Adliya vazirining birinçi örinbosari Mahmud Istamov.

Şuningdek, tadbir doirasida «Yilning eng yaxşi advokati», «Yilning eng yaxşi advokatlik tuzilmasi», «Yilning eng yaxşi korporativ yuridik xizmati» nominatsiyalari böyiça nomzodlar taqdirlanadi. Adliya vazirligining advice.uz bepul huquqiy-axborot portali taqdimoti ham kun tartibiga kiritilgan.
Forumda xorijiy mamlakatlarning adliya vazirlari, taniqli advokatlar, biznes vakillari, olimlar qatnaşişi, şuningdek, spiker sifatida Vena xalqaro arbitraj markazi boş kotibi Elis Fremut-Volf, Amerika-Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, BMT Korrupsiyaga qarşi kuraşiş global dasturi maslahatçisi Angi Timilsin ham iştirok etişi kutilmoqda.
Brifingda berilgan ma'lumotga köra, forumda iştirok etiş pulli tartibda amalga oşiriladi. Iştirok uçun ikki turdagi: maxsus (900 000 söm – işçi tadbirlar va oraliq kofe-breyklarni öz içiga oladi) hamda töliq (2,5 million söm – barça tadbirlar qatorida rasmiy keçki ovqatda qatnaşiş uçun) paket mavjud. Iştirok etiş barça uçun oçiq tarzda tashkentlawspring.uz saytida röyxatdan ötiş orqali amalga oşiriladi. Tölov 25 martga qadar yuqorida keltirilgan narxlarda, undan keyingi muddatlarda esa 10-15 foiz oşirilgan narxda ötkaziladi.
Mahmud Istamovga köra, muhokamalar natijasidagi xulosalardan milliy qonunçilik tizimini modernizatsiya qilişda foydalaniladi.
Forumda iştirok eta olmaganlarga qulaylik yaratiş maqsadida tashkentlawspring.uz saytida tadbirlarni onlayn translatsiya qiliş rejalaştirilgan.
Xalqaro va mahalliy OAV vakillari forum uçun 4 martdan 15 aprelga qadar muddatda akkreditatsiyadan ötişi mumkin.












