Özbekistonda ilk atom elektr stansiyasi (AES) qurilişiga doir şartnomani tayyorlaş uçun xorijlik ekspertlar yollandi. AES quriliş direksiyasi direktori Otabek Amanov Kun.uz muxbirining savoliga şu mazmunda javob berdi. 

 “Biz xorijlik ekspertlarni taklif qilyapmiz, ular bu yerda iş boşlaşgan. Bu Rossiya va Belarusdan taşrif buyurgan mutaxassislardir”, - dedi u. 

Otabek Amanovning sözlariga köra, ekspertlar Özbekistonga 2019 yilda imzolanişi kutilayotgan AES qurilişiga oid şartnoma yuzasidan ötadigan muzokaralar böyiça tavsiyalar berişadi. Şuningdek, xorijlik mutaxassislar yadroviy xavfsizlik, quriliş-montaj işlari va muhandislik-tadqiqot işlarini taşkillaştirişga oid maslahatlari bilan ham bölişişadi. 

Ta'kidlaş joizki, bundan avval “Özatom” agentligi boş direktori Jörabek Mirzamahmudov Soçi şahridagi “Atomekspo” forumi doirasida AES qurilişi uçun salohiyatli maydon bir oy içida aniqlanişi haqida ma'lum qilgandi. 

Özbekistonda qurilişi rejalaştirilayotgan AES ikki “VVER-1200” energoblokidan iborat bölib, ular «3+» avlodiga mansubdir. Obekt 2028 yilgaça ekspluatatsiyaga topşirilişi rejalaştirilmoqda.