Xitoy şarqidagi Şandun viloyatining Xayyan şahrida joylaşgan atom elektr stansiyasida beşinçi energoblokning «yadroviy oroli» qurilişiga kirişildi. Bu atama reaktor va unga boğliq asosiy yadroviy uskunalar joylaşadigan qismni anglatadi.

State Power Investment Corporation - SPIC kompaniyasi maʼlumotiga köra, 31-oktabr kuni mazkur qism poydevoriga dastlabki beton quyilgan. Şu tariqa «Xayyan» atom energetika majmuasini barpo etişning uçinçi bosqiçiga start berildi. Loyiha uç bosqiçda million kilovatt quvvat toifasiga mansub oltita energoblok qurişni nazarda tutadi.

«Xayyan» uçinçi avlod yadroviy texnologiyalari asosida amalga oşirilayotgan dunyodagi dastlabki atom energetika loyihalaridan biri hisoblanadi. Yangi, uçinçi bosqiç beşinçi va oltinçi energobloklarni qamrab oladi. Ularda passiv xavfsizlik tizimlariga ega takomillaştirilgan uçinçi avlod suv-suv reaktorlaridan foydalaniladi.

Passiv xavfsizlik tizimlarining xususiyati şundaki, ayrim himoya vazifalari tabiiy fizik jarayonlarga tayanadi. Bunday yondaşuv favqulodda vaziyatlarda taşqi elektr taʼminoti va faol mexanik uskunalarga boğliqlikni kamaytirişga xizmat qiladi.

Uçinçi bosqiç Xitoyning 2026–2030-yillarga möljallangan 15-beş yillik rejasi davrida Şandun viloyatida qurilişi boşlangan birinçi atom energetika loyihasi böldi.

Yangi işlar boşlanişi bilan «Xayyan» majmuasi bir neçta energoblok bir vaqtning özida işlatiladigan, boşqalari esa quriladigan rivojlaniş bosqiçiga ötmoqda. Kompaniya bunday yondaşuv atom energiyasidan foydalaniş yönalişlarini kengaytiriş va hududda yirik atom energetika markazini şakllantirişni tezlaştirişini taʼkidlamoqda.

SPIC Shandong Nuclear Power kompaniyasining «Xayyan» loyihasi rahbari Lyu Feyning aytişiça, oltita energoblok töliq qurilib, foydalanişga topşirilgaç, majmua töliq passiv xavfsizlik tizimli suv-suv reaktorlari texnologiyasiga asoslangan atom energetika obyektlari orasida dunyodagi eng yirigiga aylanadi. Yillik elektr işlab çiqariş 60,9 milliard kilovatt-soatga yetişi, bu esa 54 million aholining maişiy elektr ehtiyojini qoplaşga teng bölişi kutilmoqda.

Xitoy atom energetikasini mamlakat miqyosida ham jadal kengaytirmoqda. Xabarda keltirilgan maʼlumotlarga köra, mamlakatda işlayotgan, qurilayotgan yoki qurilişi tasdiqlangan jami 120 ta atom energobloki mavjud. Ularning umumiy quvvati 135 million kilovattni taşkil etadi. Işga tuşirilgan va rejalaştirilgan obyektlar birgalikda hisoblanganda, Xitoy bu körsatkiç böyiça dunyoda birinçi örinda turadi.