22 aprel kuni GM Uzbekistan AJ avtomobillarini Qirğiziston Respublikasiga eksport qila boşladi. Qirğizistonga avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinadi.
Kompaniya xabarida aytilişiça, bugungi kungaça şirkat avtomobillari Belarus, Afğoniston va Tojikistonga amalga oşirildi. Şuningdek Qozoğistonning Kostanay şahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yiğiş yölga qöyildi.
2019 yil GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini oşiriş yili deb e'lon qilingan, bugungi kunda kompaniya mazkur yönalişdagi faoliyatini yanada kengaytiriş borasida muzokaralar olib bormoqda, deyiladi kompaniya ma'lumotida.












