Umumiy örta ta'lim maktablari pedagog xodimlariga ötgan darsi uçun soatbay haq tölaşning yangi miqdorlari belgilandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Soatbay haq tölaşning yangi tariflari 2019 yil 10 aprelda Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Öquv maşğulotlarini ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

Qarorga köra, oliy, birinçi va ikkinçi malaka toifasi hamda oliy yoki örta maxsus ma'lumotga ega umumta'lim maktablarining boşlanğiç va yuqori sinflari öqituvçilari, öqituvçi logopedi, logopediya şoxobçasi mudirlariga malaka toifasiga köra soatbay ötilgan darslari uçun bazaviy lavozim maoşining 1,20 foizi miqdorida haq tölanadi.

Soatbay haq tölaş miqdori tarkibiga mehnat ta'tili haqi ham kiritilgan.Şuningdek, umumta'lim maktablarining 10-11-sinf öquvçilariga kasbiy ta'lim berişga ixtisoslaştirilgan öquv-işlab çiqariş majmuasi işlab çiqariş ta'limi ustalari tarkibi mehnatiga soatbay haq tölaşda kasb-hunar kollejlarining işlab çiqariş ta'limi ustalari uçun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlari qöllaniladi.

Bildirilişiça, avvallari soatbay haq tölaş miqdori aniq miqdori körsatib kelingan va ularning miqdorini özgartiriş uçun har gal alohida hujjat qabul qilingan.

Yangi soatbay haq tölaş miqdorlari foizda belgilandi. Bu öqituvçilarning bazaviy lavozim maoşi oşganda, soatbay haq tölaş miqdorlarining ham oşişiga olib keladi.