Toşkent viloyati Böstonliq tumanida joylaşgan “Allyur” ot sporti klubida uç kun davom etgan “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogi 21 aprel kuni yakuniga yetdi. Unda jahonning beş qit'asidagi 12 davlatdan çavandozlar iştirok etdi.
«Musobaqa nufuzi ham juda yuqori, uni bemalol jahon çempionati bilan qiyoslaş mumkin. Negaki “Allyur” ot sporti klubida keçgan qiziqarli bellaşuvlarda oddiy sportçilar emas, balki öz mintaqasida nom qozongan, saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan eng iqtidorli çavandozlar iştirok etdi», – deyiladi Özbekiston ot federatsiyasi xabarida.

Musobaqaning sönggi kunida iştirokçilar balandligi 1 metr-u 10 santimetr bölgan tösiqlardan sakraş böyiça özaro bahslaşdi. Şunisi e'tiborliki, ilk urinişda biryöla 10 (!) nafar yoş çavandoz deyarli bir xil natijani qayd etdi va ğolibni aniqlaş uçun yana qayta sakraşiga töğri keldi. Ana şu 10 nafar omadli çavandoz safidan özbekistonlik sportçilarning barçasi örin olişgani ham diqqatga sazovor.
Ikkinçi urinişda özbekistonlik Li Sofiya eng past natija körsatgan bölsa, yana bir mezbon sportçi Abdurahmon Abdullayev 5-örinni qölga kiritdi.

Zokir Törajonov esa özining Çarlz Teron laqabli otida belgilangan masofani atigi 35 soniyada bexato bosib ötdi. Bu natija uni musobaqa peşqadamiga aylantirgandi. Ammo Zokirning quvonçi uzoqqa çözilmadi, oradan köp ötmay Özbekiston terma jamoasining yana bir vakili Miryoqub Ismoilov Ledi laqabli oti bilan undan-da yaxşiroq natija körsatdi.
Köpçilik “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” musobaqasining oltin va kumuş medallari mezbonlarga nasib etişini taxmin qilib turgan bir pallada ikkinçi bosqiçning sönggi vakili rossiyalik Darya Kukuşkina Kardinal laqabli tulporida ajoyib çiqişi bilan Miryoqubdan atigi 0,01 soniyaga ortda qolgan holda yakunda ikkala özbekistonlik çavandoz orasidan joy oldi.

Şu tariqa, musobaqada Özbekiston çavandozlari oltin hamda bronza medaliga sazovor böldi. Rossiyalik Darya Kukuşkina esa özining dastlabki xalqaro musobaqasida ajoyib natija qayd etdi. U dastlabki kungi musobaqalarda oltin, şanba kuni esa bronza, yakşanbada kumuş medal sohibasiga aylandi.
Musobaqaning yopiliş marosimida ğolib va sovrindorlar taşkilotçilar tomonidan medal va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.











