Markaziy Osiyoning yuqori va quyi davlatlari örtasida birgalikdagi suv resurslari ustidan mahalliy boşqaruv, egalik va hamkorlikni kuçaytirişga yordam beriş maqsadida Qöşma Ştatlar Namangan şahrida Özbekiston va Qirğiziston Podşoota daryosi kiçik havzasi kengaşining ikkinçi qöşma yiğilişini ötkazişga kömaklaşdi, deb xabar bermoqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi. 

Bildirilişiça, uçraşuv umumiy suv resurslari böyiça mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) amalga oşirayotgan Amerika Qöşma Ştatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligining (USAID) «Smart Waters» loyihasi kömagida taşkil etilgan.

Markaziy Osiyoda suvdan unumsiz foydalanişni keltirib çiqaradigan yomon infratuzilmalar va eskirgan texnologiyalarni öz içiga olgan bir qator muammolarga duç kelgan 200 dan ortiq kiçik transçegaraviy daryolar mavjud. Farğona vodiysida joylaşgan va Qirğiziston Respublikasi bilan Özbekiston örtasida kiçik transçegara daryosi bölgan Podşoota “Smart Waters” suv resurslarini yaxşiroq boşqarişni rivojlantiradigan sakkizta tajriba uçastkalarining biridir. Umumiy suv resurslarini birgalikda boşqariş adolatli va teng taqsimlaşni ta'minlaş hamda çegaralar böylab nizo va ziddiyatlarning oldini olişda muhim ahamiyatga ega, deyiladi xabarda.

USAID’ning Özbekistondagi direktori Geri Robbins şunday dedi: “Samarali transçegaviy suv resurslarini boşqariş va hamkorlik Markaziy Osiyoning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanişi va barqarorligi bilan uzviy boğliq. Bugungi uçraşuv Qirğiziston va Özbekiston örtasida umumiy suv resurslarini birgalikda boşqarişda ijobiy qadamdir. Butun dunyoda Yer kuni nişonlanayotgan uşbu kunda barçamiz şu yerga töplandik va sayyoramizdagi eng qimmatbaho manba – suvdan oqilona foydalanişga mas'ul ekanimizni yodga oldik”.

Uçraşuvda davlat va nodavlat taşkilotlarining vakillari suv resurslarini boşqariş sohasidagi hamkorlikni, şu jumladan daryo qirğoqlarini muhofaza qiliş, qirğoqlardagi suv oqimi kötarilişining oldini oliş va taqsimlaş tizimini yaxşilaş böyiça çoralarni muhokama qilişdi.

“Smart Waters” fuqarolik jamiyati vakillari, mahalliy hukumat idoralari, soğliqni saqlaş va favqulodda holatlarga mas'ul taşkilotlar, şuningdek fermer va boşqa suvdan foydalanuvçilarni konstruktiv muloqotlar hamda birgalikdagi harakatlar uçun umumiy yeçimlarga çorlaydigan suv resurslarini boşqariş sohasidagi inklyuziv va iştirokçi yondaşuvini rivojlantiriş va kiçik havza kengaşlarini yaratiş ustida mahalliy jamoalar bilan hamkorlikda iş olib boradi.