Qirğiziston hukumati mamlakat ğarbida joylaşgan Toş-Buloq uran koni özlaştirilişini ekologik tekşiruv xulosasi çiqarilgunça töxtatişga rozi böldi. Bunday körsatmani boş vazir Muhammadkaliy Abilgizayev bergan.

U konning özlaştirilişiga uzoq vaqtdan beri qarşi çiqayotgan mahalliy aholi namoyişlari qayta boşlanişiga şunday javob bergan.

“Agar uran konidagi faoliyat odamlar va ekologiyaga ziyon yetkazişi mumkin bölsa, biz konning özlaştirilişidan voz keçişimiz lozim”, deb aytgan Qirğiziston boş vaziri. 

22 aprelda norozilik aksiyasi kon yonida, 21 aprelda esa Bişkekda bölib ötgan.