Amerikalik Usman Bax qiyofani taniş tizimidagi xato tufayli Apple kompaniyasini sudga berdi va undan 1 mlrd dollar tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilişiça, Bax 2018 yil noyabrda Massaçusets, Nyu-Jyersi, Nyu-York va Delaver ştatlaridagi Apple Store magazinlarida öğirlik qilişda ayblanib hibsga olingan. Hibsga oliş uçun berilgan orderda gumonlanuvçining fotosurati bölgan. Da'vogarning aytişiça, fotosuratda tasvirlangan şaxs unga öxşamaydi.

Baxning ta'kidlaşiça, unga qöyilgan ayblovlardan biri – 2018 yil 31 mayda Bostondagi magazinda öğirlik sodir etilgan vaqtda — u Manxettenda bitiruv keçasida bölgan.  

Bax şuningdek, ilgari fotosurati yopiştirilmagan öquv guvohnomasini yöqotib qöyganini aytgan. Politsiyaning taxminiga köra, haqiqiy öğri bu hujjatlarni topib olgan va Apple Store’da identifikatsiyalaş çoğida undagi ma'lumotlardan foydalangan bölişi mumkin. Da'voda körsatilişiça, kompaniya xavfsizlik xizmati magazinlardagi qiyofani taniş tizimi eslab qolgan şaxs bilan Baxning ma'lumotlarini birlaştirib yuborgan.

Baxning advokati Apple kompaniyasidan videokuzatuv kameralari orqali öğirlik yozib olingan yozuvlarni körsatişni söragan, ammo kompaniyadagilar bunday yozuvlar yöqligini ma'lum qilişgan.

Baxga nisbatan ayblovlar uçta ştatda olib taşlangan, ammo Nyu-Jyersida hozirça iş yopilmagan.