Rossiya prezidenti Vladimir Putin Uzoq Şarq federal universiteti kampusida KXDR yetakçisi Kim Çen Inni kutib oldi. Rossiya rahbari S korpusi yon qismiga çiqqan, bu yerda faxriy qorovul saf tortdi.
Kim Çen Inning limuzini eşik tagigaça kelgan, yetakçilar qöl berib körişib, bino içiga kirib ketişgan.
Zalga yölda davlat rahbarlari delegatsiyalar a'zolarini qutlaşgan. Rasmiy kutib oliş marosimidan söng Vladimir Putin va Kim Çen In eskalatorda S korpusining ikkinçi qavatiga kötarildilar. Bir neça metrga çözilgan bayroqlar guruhidan ötib, yetakçilar muzokaralar uçun tayyorlangan zalga kirişdi.
Qisqa salomlaşuv va kiriş qismidan söng, uçraşuv matbuot uçun yopildi hamda yopiq eşiklar ortida davom etdi. Rossiya va KXDR yetakçilari örtasidagi dastlabki muzokaralar faqat ikkita tarjimon iştirokida yuzma-yuz bölib ötdi.












