Toşkent davlat texnika universiteti Konçilik işi va metallurgiya fakulteti, metallurgiya yönalişi 2-kurs 1-17 guruh talabalari murabbiy boşçiligida «Özbekiston böylab sayohat qil» aksiyasi doirasida dam oliş kunlari Samarqand şahriga sayohat uyuştirdi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabariga köra, sayohat davomida viloyatning Qöşrabot tumanida kursdoşlari uyida mehmon bölgan talabalar 2019 yil 20 aprel kuni selda oqib kelayotgan avtomaşina içidagilarni – butun boşli oila a'zolarining hayotini saqlab qolişdi.
Talabalar oqim bilan kelayotgan «Neksiya» avtomobilini töxtatib, uning içidan er-xotin, ularning ikki oylik çaqaloği hamda buvisini qutqarib olişdi, deyiladi xabarda.












