Gidrometeorologiya xizmati agentligining tezkor axborotiga köra, 13-noyabr kuni yoğişi kutilayotgan yomğirlar sababli respublikaning qator hududlarida sel-suv toşqinlari kuzatilişi mumkin.

Xususan, quyidagi hududlarda sel xavfi mavjud:

  • Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlari;

  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrabot tumanlari;

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy va Iştixon tumanlari;

  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş va Yangiobod tumanlari;

  • Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq şaharlari;

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan va Yangiqörğon tumanlari;

  • Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona va Beşariq tumanlari;

  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod şahri.

Mutaxassislar toğoldi va toğli hududlarda yaşovçi aholi, dam oluvçilar hamda uşbu yönalişlarda harakatlanuvçi haydovçilarni ehtiyotkorlik çoralarini körişga çaqirmoqda.

Şuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi natijasida köçalar, aholi yaşaş joylari va boşqa pastqam hududlarni suv bosişi ehtimoli mavjudligi taʼkidlangan.