Ijtimoiy tarmoqlarda Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida yölni sel bosgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Videolavhada yölni sel bosgani, katta yoşdagi odamlar bolalarni kötargan holda suv keçib, narigi tomonga ötkazib qöygani aks etgan.
Ahror Sodiqovga köra, mazkur holatdan masʼul taşkilotlar xabardor.
“Uşbu hudud mavsumiy sel suvlari oqib ötadigan tabiiy özan hisoblanadi. Şu bilan birga, bolalarning taʼlim muassasasiga boriş-kelişida bunday xavfli vaziyatlarga duç kelişiga yöl qöyib bölmaydi”, deyiladi munosabatda.
Ayni paytda masʼullar tomonidan hududdagi vaziyatni örganiş, bolalar xavfsizligini taʼminlaş böyiça zarur çoralarni belgilaş hamda muammoning doimiy yeçimini topiş yuzasidan tegişli işlar olib borilayotgani bildirilgan.













