Venesuelaning Sukre ştatidagi Guiriya şahridan Trinidad va Tobagoga noqonuniy yöl olgan kemaning falokatga uçraşi oqibatida 22 kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda Sukre politsiyasida ma'lum qilindi.

Kema Paria körfazidagi Patos oroli yaqinida kuçli şamoldan keyin ağdarilib ketgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, “El Djonatan” nomli kema Guiriyadan 24 kişi bilan çiqib ketgan. Hozirça 2 kişi qutqarilgani ma'lum qilingan.

Qutqaruvçilar qolgan yölovçilarni qidirişmoqda. Ta'kidlanişiça, kema bortida u doş bera oladigandan köproq yuk bölgan bölişi mumkin.