Rossiya harbiy kemalari va samolyotlari harbiy maşğulotlar uçun Karib dengiziga yöl oldi, deya xabar bermoqda AP AQŞ rasmiylariga tayanib. Agentlik 6 iyun, payşanba kuni xabar berişiça, Rossiya kuçlarining bu hududga yaqin haftalarda kelişi kutilmoqda. AP suhbatdoşlariga köra, bu harakat hamkorlarining Ukrainani qöllab-quvvatlaşi tufayli Ğarb bilan munosabatlarida keskinlik kuçaygan bir paytda Rossiya kuçini namoyiş etadi. 

Rossiya kemalari harakatini AQŞ harbiy-dengiz kuçlari kuzatib boradi 

Rossiya kemalari Venesuela va Kuba portlariga kirişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Rejalaştirilgan maşğulotlar Rossiyaning Qöşma Ştatlar Ukrainani qöllab-quvvatlaşi kuçayib borayotganiga bölgan katta javobi bir qismidir, dedi agentlik manbalari. Şu bilan birga, bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina armiyasi zarbalari natijasida bir qança kemalarni yöqotganidan keyin Rossiya harbiy-dengiz floti hali ham jahon miqyosida öz kuçini namoyiş etişga qodirligini körsatişga urinişi, dedi rasmiylar jurnalistlarga anonimlik şarti bilan. 

Ularning sözlariga köra, Rossiya AQŞni bölajak maşğulotlar haqida xabardor qilmagan, biroq Rossiya kemalarining harakatini AQŞ harbiy-dengiz kuçlari kuzatib bormoqda. Vaşington Rossiya kemalari mintaqada yoz oxirigaça qolişini kutmoqda. AQŞ Kongressi 5 iyun kuni bölajak Rossiya maşğulotlari töğrisida xabardor qilindi. 

AQŞning Ukrainaga yordami

Sönggi haftalarda Qöşma Ştatlar Ukrainaning Rossiya hujumidan mudofaasini qöllab-quvvatlaş böyiça bir qança yangi majburiyatlarni e’lon qildi. Aprel oyida AQŞ Kongressi bir neça oylik muhokamalardan söng Kiyevga 61 milliard dollarlik harbiy yordam berişni ma’qullagan edi. AQŞ Mudofaa vazirligiga köra, keng kölamli uruş boşlanganidan beri Vaşington Kiyevga 50 milliard dollardan ortiq harbiy yordam taqdim etgan. 

Bundan taşqari, bir neça kun avval Vaşington Kiyevga Rossiyadagi nişonlarga zarba yöllaşga norasmiy tarzda ruxsat bergani ma’lum böldi. Biroq, Politico naşri va CNN telekanali ta’kidlaganidek, ruxsat Rossiya Federatsiyasi tomonidan hujumlarga duçor bölgan Xarkivni himoya qiliş uçun «faqat Xarkiv viloyati bilan çegaradagi» hududlarga tegişli. 

Bunga javoban Rossiya Federatsiyasi Vaşingtonga Ukrainaning Rossiya hududiga raketa hujumlari «halokatli oqibatlarga olib kelişi» bilan tahdid qildi. Öz navbatida, AQŞ prezidenti Jo Bayden Ğarb davlatlari Ukrainaga yordam berişni töxtatsa, Ğarb va Rossiya örtasida uruş xavfi ortişiga işora qildi.