Karib havzasidagi Panamaga tegişli Gardi Sugdub oroli aholisi vakillarini katta yerga köçiriş işlari boşlandi, deb xabar beradi Associated Press agentligi. Köplab kuzatuvçilar buni global isiş tarixidagi muhim ramziy palla deb hisoblaşmoqda: Gardi Sugdub iqlim özgarişi natijasida dengiz sathi kötarilişi bevosita ta’sir körsatadigan dastlabki orollardan biri sanaladi. «Meduza» iqlim inqirozi orolni yaşaş uçun yaroqsiz holatga keltirgani va nima uçun bunda birgina global isişning özi aybdor emasligi haqida hikoya qildi.

Gardi Sugdub Panama şimolidagi Avliyo Vlasiya (Sant-Blas) arxipelagi tarkibiga kiruvçi önlab katta-kiçik tropik orollardan biri bölib, sohil çiziğidan taxminan bir kilometr masofada joylaşgan. Uning hajmi uzunasiga 400 metr va eniga 150 metrni taşkil etadi. Bu yerda taxminan 300 oila yaşaydi — arxipelagning boşqa orollaridagi kabi Gardi Sugdubda ham asosan hindularning kuna (yoki guna) xalqi istiqomat qiladi. Orolga ular taxminan 200 yil muqaddam kelib örnaşişgan va bugungi kunda kuna xalqining turmuş tarzi dengiz bilan çambarças boğliq.

Ammo sönggi yillarda orol kuçli suv toşqinlariga duçor bölmoqda, ayniqsa kuçli şamollar esadigan noyabr va dekabr oylarida. 2008 yilda orolda rekord darajadagi halokatli suv toşqinlari röy bergan, şundan keyin orol ma’muriyati materik qismiga majburiy relokatsiya rejasini işlab çiqa boşlagan. Hukumat qarorni qöllab-quvvatlagan, ammo köçiriş jarayoni juda keçikkan: faqat 2015 yilda Panama hukumati orolga yaqin hududda 300 uy quriş uçun budjetdan mablağ ajratişga va’da bergan — sohildagi yer kunalar mulki bölsa-da, odamlarda uy qurişga mablağ yöq edi.

Quriliş işlari amalda 2018 yilda boşlangan va faqat bugungi kunga kelib, 2008 yilgi toşqinlardan 16 yil ötganida Gardi Sugdubda yaşovçilarni katta yerga köçiriş boşlandi. Hammani emas: ayrim oilalar qança vaqt imkoni bölsa şunça vaqt orolda qolişni rejalaştirgan. Köçiriş işlari ixtiyoriy amalga oşirilmoqda va Panama hukumatida buni majburiy qiliş rejasi ham yöq. AP ma’lumotiga köra, aholini yangi joyga köçirib ötkaziş qiymati bugungi kunda 12 million dollarni taşkil etadi.

Gardi Sugdub aholisini tölaqonli iqlim köçmançilari deb hisoblaş mumkinmi, bu juda murakkab savol. Dunyo okeanlari sathi kötarilişi çindan ham röy bermoqda — nafaqat yerdagi, balki sun’iy yöldoş ma’lumotlari ham buni tasdiqlaydi. Karib dengizida ham bu jarayon butun sayyoradagi örtaça körsatkiç bilan deyarli bir xil sur’atda keçmoqda. Ammo bu sur’at — yiliga 1,8–2 millimetr — öz-özidan orol suv ostida qolişini anglatmaydi. Undan ham jiddiyroq omil — böron kötarişga qodir bölgan şamollar rejimidir. Global isiş birinçi navbatda şunday böronlar ehtimolini oşiradi. Tropik orollar bilan boğliq vaziyatda bu bilvosita, ammo okean sathi kötarilişidan köra muhimroq omildir. Şu bilan birga, şamol rejimiga nafaqat antropogen global isiş, balki, masalan butun sayyoradagi iqlimni nazorat qila oladigan, Tinç okeanidagi şamollarning siklik özgarişi hisoblangan El-Ninyo ham ta’sir körsatadi.