2019 yilning aprel oyi Özbekistondagi eng yomğirli oylardan biri böldi. Kuçli yoğingarçilik Respublika poytaxtining turli nuqtalarida drenaj va irrigatsiya tizimining nosoz ekanini körsatdi.

Toşkent şahri favqulodda vaziyatlar boşqarmasi noqulay ob-havo va yoğingarçilik natijasida yuzaga kelgan noqulayliklar töğrisida şikoyatlar va boşqarma tomonidan olib borilgan işlar töğrisida Kun.uz muxbiriga ma'lumot berdi.

Foto: Facebook

Ma'lumotga köra, 2019 yil 24 aprel kuni Toşkent şahri hududida kuçli yomğir yoğişi natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan suv toşqinlari hamda boşqa köngilsiz holatlarning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etiş maqsadida Toşkent şahar hokimining 2019 yil 23 apreldagi 01-T-18-sonli şoşilinç xabarnomasi bilan mas'ul rahbarlar tarkibi tasdiqlangan. Şuningdek, uşbu xabarnoma şahar FVDT xizmatlari hamda tegişli korxona, taşkilotlarga yuborilgan va Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasida FVDT xizmatlari xodimlaridan iborat suv toşqinlari bilan boğliq yuzaga kelişi mumkin bölgan vaziyatlarning oldini oliş, oqibatlarini bartaraf etiş ştabi ham taşkil etilgan.

Ştabga jami 361ta şikoyat kelib tuşgan va 85ta voqea joyiga tegişli kuç va vositalar jönatilgan. Bu işlarga Toşkent şahar hokimi örinbosarlari B. Rahmonqulov va X. Inoğomov mas'ul bölişgan.

Uşbu ştab hozir ham öz faoliyatini davom ettiryapti.

Yoğingarçilik natijasida quyidagi joylarda suv toşqinlari, suv quvurlari şikastlanişi, daraxtlar qulaşi haqida murojaatlar bölgan:

Yakkasaroy tumani:
Şoşli 1-tor köçasi, 68-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Badriddin Hiloliy 3-tor köçasi, 102 uy yertölasida suv toşqini;

Salomatina köçasi, 61 uydagi suv quvurini şikastlanişi;

Askiya köçasi, 3 uy hududi va atrofida suv toşqini;

«Janubiy vokzal» atrofida suv toşqini;

Boğidil köçasi, Alvon dökoni yaqinida daraxt yiqilişi.

Sergeli tumani:
«I.Karimov» nomidagi Xalqaro aeroporti atrofida suv toşqini;

Qumariq köçasidagi 4ta xonadon hududi va atrofida suv toşqini;  

Qöşqörğon köçasi, 74-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Çoştepa köçasidagi avtomobil yöllarida suv toşqini;

Özgariş mavzesidagi avtomobil yöllarida suv toşqini;

Qöyliq-6 mavzesi, 7-uy atrofidagi suv toşqini;  

«Toşkent-3» aeroporti atrofidagi suv toşqini;

Mirzo Tursunzoda köçasi, 56-uy yaqinida daraxt yiqilişi.

Foto: Facebook

Mirzo Uluğbek tumani:

Ne'mat köçasi, 6-6a va 4-4a uylari hududi va atrofida suv toşqini;

Buyuk ipak yöli köçasi, 212, 1,2,3,4 va 2/2-sonli uylarning hududi va atrofida suv toşqini;

Kumuşkon köçasi, 31-uy hududi atrofida oqova quvurlari şikastlanişi;

Qibray köçasi, 13-uy atrofidagi oqova quvurlari şikastlanişi va suv toşqini;

Qorabuloq köçasi, 35-uy hududi atrofida oqova quvurlari şikastlanişi;

Oqqörğon köçasidagi daraxt yiqilişi;

Çingiz Aymatov köçasi, 30-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Darxontepa 2-tor köçasi, 2-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Muxammad Yusuf köçasidagi köp qavatli uylar atrofida suv toşqini;

TTZ mavzesidagi dehqon bozori yaqinidagi 1ta avtoulovning ustiga daraxt yiqilişi;

Ne'mat köçasi, 11a uy hududi va atrofida suv toşqini.

Olmazor tumani:
299-sonli maktabgaça ta'lim muassasida hududi va atrofida suv toşqini;

Zarqaynar 19-berk köçasidagi 8ta xonadonning hududi va atrofida suv toşqini;

Qora-Qamiş ½ da joylaşgan 18-uyning hududi va atrofida suv toşqini;

Usta Şirin köçasi, 117-uyda joylaşgan «Agregat» zavodi omborxonasida yonğin yuzaga kelişi;

Tansiqboyev köçasi, 41-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Beruniy B1 köçasi, 13A uyning hududi va atrofida suv toşqini;

Sarbon 11-tor köçasi, 23-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Sağbon 2-tor köçasi, 133-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Forobiy köçasi, 60, 49 va 13A uylarning hududi va atrofida suv toşqini;

«Tumangazta'minot» korxonasi hududi va atrofida suv toşqini.

Sebzor dahasi, 41-uy hovlisida 1ta avtoulov ustiga daraxt yiqilişi;

Yunusobod tumani:
6-mavzeda joylaşgan 1, 2 va 36-sonli uylarning pod'yezdlariga suv toşqini;

Amir Temur köçasi, Yunusobod elektr podstansiyasi hududi va atrofida suv toşqini;

«Rizvon» çoyxonasi atrofidagi suv toşqini;

Ts-6 mavzesidagi içki köçalarda suv toşqini;

Gulyor köçasidagi içki yöllarda suv toşqini;

1-sonli Bolalar klinik şifoxonasi hududi va atrofida suv toşqini;

Mirzo Uluğbek MFY hududidagi köçalardagi suv toşqini;

Ahror Obod köçasi, 4-uy hududi va atrofida suv toşqini.

Foto: Facebook / «Voditeli Taşkenta»

Yaşnobod tumani:
Mavlono Riyoziy 1-tor köçasi, 1-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Botkina köçasi, 1-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Parkent köçasidagi çorrahada suv toşqini;

Maxtumquli köçasidan ötuvçi avtomobil yölidagi suv toşqini;

Izzat köçasidan ötuvçi avtomobil yölidagi suv toşqini;

«Farğona yöli savdo şoxobçasi» (Risovyy bazar) old qismida suv toşqini;

153-sonli umum ta'lim maktabi yaqinida daraxt yiqilişi;

165-sonli maktabgaça ta'lim muassasida hududi va atrofida suv toşqini;

Mirobod tumani:
Mironşoh köçasi, 21-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Istiqbol köçasidagi 145-sonli umum ta'lim maktabi yaqinidagi daraxt yiqilişi;

Istiqbol köçasida 5ta avtoulov ustiga daraxt yiqilişi.

Şayxontohur tumani:
Oq oltin 1-tor köçasi, 36-uyning hovli (7 metr) devori yiqilişi;

Şomahmudov köçasi, 132-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Sayram köçasi, 41-uy hududi va atrofida suv toşqini;

Ts-14dagi «Milliy taomlar» ovqatlaniş joyi yaqinidagi daraxt yiqilişi;

Katta boğ köçasidan ötuvçi avtomobil yölidagi suv toşqini;

8 mart köçasidan ötuvçi avtomobil yölidagi suv toşqini;

Nurafşon köçasidagi suv toşqini.

Uçtepa tumani:
Uçinçi tor köçasi yaqinidagi daraxt yiqilişi oqibatida elektr simlari şikastlanişi;

Ona va bola şifoxonasi atrofidagi avtomobil yöllarida suv toşqini;

23-sonli oilaviy poliklinika atrofidagi avtomobil yöllarida suv toşqini.

Çilonzor tumani:
9-mavze 1-uy hovlisida daraxt yiqilişi;

Dömbirobod köçasi, 3-uy hududi atrofidagi oqova quvurlar şikastlanişi;

Qatortol köçasidagi avtomobil yöllarida suv toşqini;

Dilxuş köçasi, 3-uy hududi atrofidagi suv toşqini;

Katta Olim köçasi, 11-uyning kiriş qismida suv toşqini.

Qayd etilgan suv toşqinlari hamda boşqa köngilsiz holatlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etiş işlariga «Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi», «Uy-joy kommunal xizmat körsatiş boş boşqarmasi», Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi (48 nafar şaxsiy tarkib va 8 texnika) va Yonğin xavfsizligi boşqarmasi (136 nafar şaxsiy tarkib va 20 texnika), Toşkent şahar hokimligi Qutqaruv xizmati boşqarmasi, «Suvsoz» DUK, «»Toşissiqquvvat» DUK, Obodonlaştiriş boş boşqarmasi, «Toşkent şahar issiqlik markazi», «Maxsustrans» IÇB, Toşkent şahar «Elektr tarmoqlari korxonasi», «Toşşaharnur» DUK va «Yöl quriliş va ta'mirlaş» MÇJlardan jami 485 nafar şaxsiy tarkib hamda 92ta maxsus texnika jalb etilgan.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 2002 va 2009 yilning aprel oylari ham şunday yomğirli bölgandi. Eng nam aprel oyi esa Toşkentda 1990 yilda kuzatilgan. Öşanda bir oy davomida yoqqan yomğir deyarli 3 oylik me'yorni taşkil qilgan. Yarim oylik yoğinlar miqdori 1 kunning özida yoqqan.

Oxirgi kunlarda kuzatilgan uzoq muddat davom etgan yomğirdan söng (10 kun atrofida), ayniqsa 19 apreldan 21 aprelgaça bölgan davrda, şuningdek 24 aprelda respublikamizda jala yomğirlari yoğib ötdi. Bugundan boşlab yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi va yaqin kunlarda bunday kuçli yomğirlar kutilmaydi.

«Özgidromet» apreldagi kuçli yoğingarçilik sababini izohladi