Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasi Turkiyaning Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida yaşayotgan hamda vaqtinça bölib turgan vatandoşlarni ob-havo şaroiti keskin yomonlaşişi kutilayotgani sababli ogohlikka çaqirdi.
Qayd etilişiça, kuçli yomğir va şamol suv toşqinlari, yöllarda harakatlanişning qiyinlaşişi hamda boşqa favqulodda holatlar xavfini yuzaga keltirişi mumkin.
Şu munosabat bilan konsulxona fuqarolardan zarurat bölmasa, uzoq masofalarga safar qilişdan tiyilişni, kuçli yoğingarçilik vaqtida suv töplanişi mumkin bölgan pastqam hududlar, yerosti yöllari va tunnellardan uzoqroq bölişni söradi.
Qolaversa, dengiz sohillari, daraxtlar, elektr uzatiş tarmoqlari va mustahkam örnatilmagan konstruksiyalar yaqinida ehtiyotkorlikni oşiriş hamdaa avtomobil boşqarişda tezlikni kamaytiriş va xavfsiz masofani saqlaşga çaqirildi.
Konsullik, şuningdek, Turkiyaning vakolatli idoralari tomonidan eʼlon qilinayotgan rasmiy ogohlantiriş va tavsiyalarga qatʼiy amal qilişni eslatdi.
Istanbulda kuzatilayotgan kuçli jala sababli hokimlik tomonidan qator maʼmuriy çeklovlar joriy etildi. Jumladan, 14−15-oktabr kunlari şahar böylab barça davlat va xususiy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlim bir kunga töxtatildi. Davlat idoralarida homilador, nogironligi bor hamda 8 yoşdan kiçik farzandi bölgan ayol xodimlarga taʼtil berildi. Soat 21:00 dan boşlab mototsikl va ikki ğildirakli transport vositalarining harakatlanişi taqiqlandi.
Qutqaruv va tezkor xizmatlarga 2,5 mingdan ortiq murojaat kelib tuşgan bölib, 1200 dan ortiq suv bosiş, 15 ta köçki, 1000 ga yaqin xonadon va iş joylariga suv kirişi hamda transport vositalariga zarar yetkazilişi qayd etilgan.












